⚡️Sho‘rchida 2 ta zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi📈O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi
"2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-465-son qaroriga asosan,
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi "Elbayon" mahallasida joylashgan 15-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining 90 o‘rinli yangi binosi 3 milliard 833 million so‘m mablag‘ evaziga, "Obodon" mahallasidagi 38-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining 90 o‘rinli yangi binosi 3 milliard 728 million so‘m mablag‘ga qurib bitkazildi.📊Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mas'ullari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.
🔔"Yangi maktabgacha ta'lim tashkilotida badiiy gimnastika, rus va ingliz tili, qolaversa, shaxmat to‘garaklari mavjud ekan. Endi bolajonlarimiz yangi va zamonaviy bog‘chada ta'lim olish bilan birga ushbu to‘garaklarga ham qatnashishadi", - deydi ota-onalar.
#Shorchi #maktabgachatalim #ochilishmarosimiTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt