Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.7K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
"Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i kubogi" g'oliblari aniqlandi

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni 6099-sonli ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tegishli buyrug’iga asosan joriy yilning 8-16-iyul kunlari maktab direktorlari, tuman-shahar bo‘limlari va Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Boshqarma boshlig‘i kubogi" uchun sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Kecha Termiz shahrida ushbu bahslarning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Umumiy 16 ta jamoa orasidan Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Sherobod va Oltinsoy tumanlari jamoalari so‘nggi final bahslariga yetib keldi. Shiddatli va qizg‘in kechgan o‘yinlar sarhisobiga ko’ra, yakunda faxrli birinchi o’rin va kubokni Jarqo’rg’on tumani jamoasi qo‘lga kiritdi. Muzrabot tumani jamoasi ikkinchi o’rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, oltinsoyliklar uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Shundan so’ng, Termiz shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida g’olib jamoalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev so’zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan tashabbuslarning samarasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.


Taqdirlash marosimida g‘oliblar va bellashuvni odilona boshqarib borgan musobaqa hakamlariga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma’lumot uchun, xuddi shunday “Boshqarma boshlig‘i kubogi” uchun xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazilmoqda.

#sport #minifutbol #musobaqa #taqdirlash

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

📱 Telegram |📱Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍162🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔴 "Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i kubogi" uchun o'tgan shiddatli bahslar

✔️Maktab direktorlari, tuman-shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari va Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Boshqarma boshlig‘i kubogi" uchun sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

O‘yinlar sarhisobiga ko’ra:

🥇Faxrli birinchi o’rin va kubokni Jarqo’rg’on tumani,
🥈Ikkinchi o'rinni Muzrabot tumani,
🥉Uchinchi o'rinni Oltinsoy tumani jamoasi qo'lga kiritdi.

#sport #minifutbol #musobaqa #taqdirlash

©Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

📱 Telegram |🌐Facebook | 📱 Instagram | 📱You tube | 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🏆31🥰1🎉1
▪️Angorlik o‘quvchilar respublika musobaqasida ishtirok etadi

Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoq startlar" sport musobaqasining viloyat final bosqichida Angor tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilar jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Bugun ushbu o‘quvchilar "Quvnoq startlar" sport musobaqasining respublika final bosqichida ishtirok etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahriga jo‘nab ketishdi.

Bellashuvlarda o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

#quvnoqstartlar #14maktab #musobaqa

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍10👏21🥰1🕊1
#besh_tashabbus_olimpiadasi

🔔Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport musobaqalarining shahar va tuman bosqichlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.


📊Mazkur bosqich 7-19-oktabr kunlari davom etishi belgilangan bo'lib, bunda o'quvchilar sportning shashka, yengil atletika, stol tennisi, mini futbol, voleybol turlari hamda quvnoq startlar musobaqalarida o'zaro bellashishmoqda.

📣Musobaqalarning viloyat bosqichi joriy yilning 4-16-noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

#musobaqa #tumanshaharbosqichi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2🥰1👏1🎉1