Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#eslatma

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;

📆 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;

📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;

📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.

🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
#ислоҳотлар_янги_йилда
#eslatma

Kirib kelgan yangi — 2025-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir qator tartib va yangiliklar amaliyotga joriy etiladi. Quyida qonunchilik hujjatlaridagi muhim oʻzgarishlarni sizga eslatib oʻtamiz.

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan:

2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi;

2025-yil 1-yanvardan — qamrov darajasi past boʻlgan maktablar boʻsh turgan yer uchastkalarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi;

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan:

2025-yil 1-yanvardan — kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

2025-yil 1-yanvardan — nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya berish tartibi joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi;

2025-yil 1-yanvardan — umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi va daromad solig‘idan ozod etiladi;

2025-yildan — 5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yildan — asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171🔥1🥰1👏1🎉1🤩1
#ислоҳотлар_янги_йилда
#eslatma

2025-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan:

2025-yil 1-martdan — musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-apreldan — maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etilib, jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

2025-yil 1-martga qadar — boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari yosh toifasi boʻyicha harakatli oʻyinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari roʻyxati shakllantiriladi;

2025-yil 1-iyundan — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-yanvardan — davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi;

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan:


2025-yil 1-yanvardan — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari belgilanadi;

2025-yil 1-yanvardan — davlat MTTlari xodimlariga berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga elektron shaklda taqdim etiladi;

2025-yil 1-fevraldan — tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi, 2025-yil 1-iyuldan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qator ish hujjatlarini yuritish “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

2025-yil apreldan — maktab va maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi axborot tizimlari bosqichma-bosqich Yagona taʼlim axborot ekotizimga birlashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1🥰1