📖Sariosiyodagi maktab muzeyida mingdan ortiq eksponatlar saqlanmoqda📍Surxondaryo viloyatining
#Sariosiyo tumanidagi
21-umumta'lim maktabi qoshida
1973-yilda o‘quvchilarning tarixiy bilim va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida
"Tarix va o‘lkashunoslik" muzeyi tashkil etilgan.
💎Mana 51 yildirki, ushbu muzey o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Muzeyda 6 ta bo‘lim mavjud:✅Temir buyumlar;
✅Yog‘och va sopol buyumlar;
✅Arxeologik topilmalar;
✅Numizmatika va taqinchoqlar;
✅Qog‘oz pullar, qo‘lyozmalar;
✅Madaniyat va san'at.🎓Ahamiyatlisi, muzeyda "Mehrobdan chayon" romanining ilk arab alifbosidagi nusxasi ham saqlanadi.
👨💼Hozirgi kunda tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan muzey qoshida "Yosh muzeyshunos" to‘garagi tashkil etilgan va ushbu to‘garakka tarixga qiziquvchi o‘quvchi yoshlar qamrab olingan.#muzey #eksponatlar #mehrobdanchayon🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter ✅Veb-sayt