Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” kasbiy koʻrik-tanlovining:

“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi" nominatsiyasi boʻyicha maktabgacha taʼlim sohasida 2 yillik ish stajiga ega boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan tarbiyachilari ishtirok etadi.

Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasida ishtirokchilarning maktabgacha taʼlim va tarbiya jarayonida bolalarni tabiatga boʻlgan muhabbatini shakllantirishga oid ishlari koʻrib chiqiladi.

❗️Tanlovning Respublika final bosqichi 25-26-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” kasbiy koʻrik-tanlovining:

“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida ishtirokchilarining tarbiyalanuvchilar bilan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda innovatsion va axborot texnologiyalaridan keng foydalana olish qobiliyatlari sinovdan oʻtkaziladi.

Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida ishtirokchilarning bolalar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga ijodkorlik bilan yondashish, mavzuga mos ixtirolar yarata olish qobiliyatlari koʻrib chiqiladi.

❗️Tanlovning Respublika final bosqichi ertaga — 25-iyul kuni boshlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#bu_muhim

Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi quyidagi shartlar asosida tashkil etilmoqda.

Birinchi shart – loyiha taqdimotlarini baholash:

❗️Ishtirokchilar tomonidan maktabgacha taʼlim sifatini oshirishdagi mavjud muammolar yechimiga doir loyiha taqdimoti namoyish etiladi.

Ikkinchi shart – mashgʻulot ishlanmasini tayyorlash:

❗️Tanlangan mavzu yuzasidan tayyorlangan mashgʻulot ishlanmasi ishtirokchi tomonidan atroflicha tushuntirib beriladi.

Uchinchi shart – test topshirigʻi:

❗️Ishtirokchilarga tanlov oʻtkaziladigan nominatsiya, metodika va maktabgacha taʼlim sohasi boʻyicha 20 tadan test savollari beriladi. Har bir savol uchun 2 (ikki) daqiqa vaqt ajratiladi.

👉 Maʼlumot uchun: Tanlovning 1- va 2-shartlari bugun oʻtkazildi, 3-shart sinovlari esa ertaga boʻlib oʻtadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#taqdirlash_marosimi

Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi.

🔹 Qayd etilganidek, ushbu tanlovda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 16 384 nafar direktor oʻrinbosari va tarbiyachilari qatnashdi. Nomzodlar tanlovning Respublika final bosqichida 3 ta shart boʻyicha bellashdi. Xususan:

maktabgacha taʼlim sifatini oshirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan loyiha taqdimoti;
tegishli nominatsiya yuzasidan mashgʻulot ishlanmasi;
metodika va maktabgacha taʼlim sohasi boʻyicha 20 tadan test savollarini bajarish sinovlarida qatnashdi.


Tanlov Hayʼat aʼzolari yakuniy xulosasiga koʻra:

👉
Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Munojat Muminova;
📍2-oʻrin — Tumaris Tursinbayeva ;
📍3-oʻrin — Sabina Guzarova;

👉 Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Dilnoza Saidova;
📍2-oʻrin — Zebo Xidyoyeva;
📍3-oʻrin — Mavluda Kamalova;

👉
Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Gulsina Dauletova;
📍2-oʻrin — Lionora Eshaliyeva ;
📍3-oʻrin — Sug‘diyona Boymirzayeva ;

👉 “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Vazira Shoimova;
📍2-oʻrin — Yulduz G‘aybullayeva;
📍3-oʻrin — Mohinur Egamberdiyeva;

👉
Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Maxinaxon Mamasoliyeva;
📍2-oʻrin — Gulnoza Yalgʻasheva;
📍3-oʻrin — Dilnoza Shamatova;

👉 “Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi
eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Nozimaxon Zikiryayeva;
📍2-oʻrin — Vazira Sayfullayeva;
📍3-oʻrin — Mohigul O‘roqboyevaga nasib ztdi.

😐 Tadbirda tanlovning Respublika final bosqichi gʻoliblari belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

👉 Maʼlumot uchun: o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga imtihonlarsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🥰1🎉1🤩1💯1