Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrki, ziynati boʻlib kelayotgan,  barchamiz sogʻinib kutgan Navroʻzi olamning qadami qutlug' kelsin..

Qalbimizga cheksiz quvonch va zavq bagʻishlaydigan mana shu xosiyatli bayramimiz  bilan Sizni chin dildan muborakbod etaman!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq va farovon boʻlsin!

Sharqona Yangi yilimiz — Navroʻzi olam barchamizga xayrli va barakali kelsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova
👍4
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar,
Aziz o‘qituvchilar, ta’lim sohasi fidoyilari!

 
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat va ezgulik ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamiz shu kunlarda Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik bilan o‘tkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan so‘rab, yurtimiz ravnaqi va farzandlarimiz baxtu kamoli uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.

O‘tgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.
 
Qadrli ustozlar hamda jonkuyar hamkasblar!
 
Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, ona yurtimizga tinchlik, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va xotirjamlik tilab qolaman.
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni qutlug' ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Mana shunday tabarruk va duolar ijobat bo'ladigan kunda vatandoshlarimizning ezgu niyatlari amalga oshishini tilaymiz.

Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin! Keyingi bayramlarga ham tinchlik-xotirjamlik hamda hamjihatlikda yetkazsin!

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin!
Hayit barchamizga muborak bo'lsin!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍5
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikasiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutini ta’sis etilishi buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkun.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
👍1
#Tabriknoma

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizni “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan islohot, yo‘lga qo‘yilayotgan tizimli o‘zgarishlar va tashabbuslar mohiyatini xalqimizga yetkazishda OAV xodimlarining xizmati beqiyos.

Shu  ma’noda, o‘z iste’dodi, ijodi, o‘tkir qalami va so‘zi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan o‘tkir qalam egalarining fidokorona mehnati doimo e’tirof va e’zozga loyiq.

Aziz jurnalistlar!
Yurtimiz farovonligi va jamiyat ochiqligi yo’lidagi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz.

Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍7
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli ta’lim sohasi fidoyilari!

Avvalo, barchangizni shukronalik, mehr-muruvvat, shodlik va xursandchilik ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman va sizlarga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, ushbu shukuhli kunlarda har bir vatandoshimiz oila a’zolari va yaqinlariga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirib o‘tadi. Qalbida ezgulik hissi mujassam har bir inson o‘zgalarga yaxshilik ulashishga oshiqadi.

Shu ma’noda Qurbon hayiti bugungi tinch va totuv kunlarimiz qadri, oilalarimiz totuvligi, dasturxonimiz to‘kinligi, turmushimiz farovonligini ko‘proq his qilishga undaydigan fayzli va barakotli ayyomdir.

Aziz vatandoshlar,

Barchangizni yana bir bor Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
👍3
#Tabriknoma

Qadrli vatandoshlar!
Hurmatli ta‘lim sohasi jonkuyarlari!


Siz, azizlarni insoniylik, qadr-qimmat tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan go‘zal ayyom - Qurbon Hayiti bilan qizg‘in muborakbod etaman!

Barchangizga oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik, ishlaringizda rivoj, muvaffaqiyat tilayman.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍6
#Tabriknoma

Qadrli yoshlar!

Siz, azizlarni "30-iyun - Yoshlar kuni" bilan samimiy muborakbod etaman!

Siz - Mustaqil O‘zbekistonning porloq kelajagi egalarisiz. Tomiringizda buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda.

Zimmangizga ajdodlarga munosib avlod bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek sharafli vazifa yuklanar ekan, bu yo‘lda sizlarga omad, ulkan zafarlar, g‘ayrat va shijoat yor bo‘lishini tilayman.

Vatanimizning gul-u lolalari bo‘lgan aziz yigit-qizlar! Iqbolingiz hamisha porloq bo‘lsin!

Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
👍32
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
👍1
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni qutlug' ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Mana shunday tabarruk va duolar ijobat bo'ladigan kunda vatandoshlarimizning ezgu niyatlari amalga oshishini tilaymiz.

Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin! Keyingi bayramlarga ham tinchlik-xotirjamlik hamda hamjihatlikda yetkazsin!

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin!
Hayit barchamizga muborak bo'lsin!

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍16👌2