#Siz_faxrimiz
✅ Siz faxrimiz ruknidagi ilk qahramonimiz Аngor tumani “Nurli maskan” maktab-internatining musiqa fani oʼqituvchisi Feruza Ergashevadir.
✅ Oʼtgan yilning 7-10 dekabr kunlari Yaponiya poytaxtida para dzyudo boʼyicha Tokio ochiq chempionati boʼlib oʼtdi. Musobaqada oʼnga yaqin davlat sportchilari qatori yurtimiz vakilllari ham munosib ishtirok etishdi. Qahramonimiz ushbu musobaqada faol ishtirok etib, faxrli 2-oʼrinni yaʼni kumush medalni qoʼlga kiritish bilan birga 2024 yil Fransiya davlatida boʼlib oʼtadigan Olimpiada ishtirok etish yoʼllanmasini ham qoʼlga kiritdi.
⚡️ Vohadoshimiz bundan oldin ham 2022 yil 8-11 noyabr kunlari Ozarbayjon davlatining Baku shahrida boʼlib oʼtgan Jahon chempionatida faxrli II-oʼrinni egallagan edi.
✨ Biz siz bilan faxrlanamiz.
Kanalga ulanish:➡️ https://t.iss.one/surxonvxtb
Surxondaryo viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati
✅ Telegram 💬 Facebook 📹 You Tube 🌍 | Website
Kanalga ulanish:
Surxondaryo viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
#Siz_faxrimiz
✅ Siz faxrimiz ruknining navbatdagi qahramoni Sariosiyo tumanidagi 1-sonli ayrim fanlarni chuqur oʼrgatishga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabining matematika va informatika fani oʼqituvchisi Xusravjon Mirzaevdir. Mahoratli murabbiymiz oʼtgan yil Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi mamlakatlarining pedagoglari oʼrtasida oʼtkazilgan “Yilning eng yaxshi oʼqituvchisi” xalqaro koʼrik-tanlovida oʼzining ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, gʼoliblikni qoʼlga kiritdi hamda tanlovning maxsus guvohnomasi va I darajali diplom bilan taqdirlandi.
⚡️ Qoʼlga kiritilgan yutuqlar va erishilgan natijalari sabab Xusravjon Mirzaev “Global Olympiads Academy” xalqaro akademiyasi aʼzoligiga ham qabul qilindi.
Kanalga ulanish:➡️ https://t.iss.one/surxonvxtb
Surxondaryo viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati
✅ Telegram 💬 Facebook 📹 You Tube 🌍 | Website
Kanalga ulanish:
Surxondaryo viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11