Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Rasmiy bayonot: xorijiy til o‘qituvchilari kamida В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi muddati uzaytirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining xorijiy til o‘qituvchilari kamida В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan 2025-2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda.

Mazkur holatni inobatga olib, 2024-2025-o‘quv yili oldidan В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan, maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmaydi.

Tegishli darajaga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilaridan belgilangan sertifikatlar 2024-2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi so‘raladi.

#Rasmiybayonot
#xalqarosertifikat #B2

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍211🔥1🕊1