Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Muzrabot_tumani

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 30-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish to‘g‘risida"gi 43-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida Muzrabot tumani Maktabgacha va maktab bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha talim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Muzrabot tumani hokimi ham ishtirok etib, jajji bolalarning dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
#Muzrabot_tumani

Xayr bog'cha - salom maktab

Muzrabot tumanidagi 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha - salom maktab" tadbiri o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#Muzrabot_tumani

Ta'limga e’tibor - kelajakka e’tibor

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni istiqlol g‘oyalari hamda ona vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muzrabot tumani hokimi tomonidan kuni kecha bolajonlarning yilning to‘rt faslida ham bir xil haroratda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash maqsadida tumanning "Tong yulduzi" mahallasida joylashgan 22-sonli DMTT uchun 3 ta hamda 23-sonli DMTTga 2 ta zamonaviy konditsioner topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
#Muzrabot_tumani

Umumta’lim maktablari zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta'minlanmoqda

Surxondaryodagi 110 ta maktabga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Xitoy granti asosida berilgan zamonaviy kompyuter jamlanmalari hamda laboratoriya jihozlaridan 96 ta kompyuterlar Muzrabot tumanidagi 6 ta umumta’lim maktablariga tuman hokimi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida tantanali ravishda topshirildi.

Muhtaram Prezidentimiz viloyatimizga tashriflari chog‘ida maktablarning moddiy-texnik bazasini yangilash yuzasidan bergan topshiriqlarining amaliy ijrosi bugungi kunda o‘z isbotini topayotgani ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarni yanada quvontirmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
#Muzrabot_tumani

Fotoreportaj: Muzrabot maktablarida yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik olib borilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3👎2
#Muzrabot_tumani

"Sifatli ta'lim-kuchli jamiyat" shiori ostida "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-iyuldagi "Ikkinchi ustozlar milliy forumi"ga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 206-sonli buyrug‘i asosisa Muzrabot tuman 29-son Yangiobod madaniyat markazida "Sifatli ta'lim-kuchli jamiyat" shiori ostida "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi ishtirok etib, sohada faollik ko'rsatib kelayotgan bir guruh pedagoglarni munosib rag'batlantirdi.

Shundan so'ng o'qituvchilar uchun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan seminar-treninglar o'zaro tajriba almashish barobarida yangi bilimlarni egallashda ham ayni muddao bo'ldi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi 
#besh_tashabbus 

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"NING MAKTAB BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

⚡️Bugun Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning shaxmat va shashka turlari bo'yicha musobaqaning maktab bosqichi bo'lib o'tdi.  

🟢 Ushbu musobaqalarda 5-11-sinf o'quvchilaridan, o'g'il bolalar va qiz bolalar toifasida jami bo'lib 42 nafar ishtirokchilar o'zaro bellashishdi.  

🏆 Musobaqa yakunlariga ko'ra:

Shaxmat bo'yicha - o'g'il bolalar o'rtasida 7-sinf o'quvchisi Murodov Abdulloh, qiz bolalar o'rtasida 8-sinf o'quvchisi Ahmedova Nozima;
Shashka bo'yicha - o'g'il bolalar o'rtasida 6-sinf o'quvchisi Abdimo'minov Davlatbek, qiz bolalar o'rtasida 9-sinf o'quvchisi Tog'ayeva Sabrina 1-o'rinni egallab, maktab g'olibi deb topildi. 

🌐 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:👇 

Telegram | Instagram | Facebook
👍2
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ertalabki_saflanish


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar uchun "Ertalabki saflanish" tadbiri o'tkazildi.

📖 Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi oʻquvchilar jo'rligida ijro etildi.

🌐📡▶️ Shuningdek,  o'quvchilarga o'tgan hafta davomida yurtimizda va dunyo miqyosida sodir boʻlgan muhim yangiliklar haqida axborot berildi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
👍2
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#amaliy_tashrif

🔰 MUZRABOTDA O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISH MAQSADIDA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIGA SAYOHAT TASHKIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari "Muzrabot Indenim klaster" MCHJ ga qarashli paxta zavodiga  tashrif buyurishdi.

📌 Tashrif mobaynida ularga  tajribali xodimlar tomonidan  zavod faoliyati haqida tushunchalar berildi hamda oʻquvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

🤝 Shuningdek, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va "Muzrabot Indenim klaster" MCHJ bilan hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
👍3
#Muzrabot_tumani

Navbatdagi otalar yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun Muzrabot tumanidagi 7-umumta'lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining otalari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli yot g‘oyalardan asrash va boshqa qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍8🥰1
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

⚔️🛡️ XALQ VA ARMIYA - BIR TAN-U BIR JON !

🔰 Harbiy qismda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" doirasida Qurolli kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda o'quvchilar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🔷 Uchrashuv davomida faxriylar yurtimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish har bir yosh avlodning Vatan oldidagi oliy burchi ekanligi haqida aytib o'tdilar.

🌍 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
👍5🥰1
#Muzrabot_tumani

"3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari tomonidan imkoniyati cheklangan, yakka tartibda ta'lim oladigan bolalarning holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

Shuningdek, bolalar uchun dasturxon yozilib, ularning ko‘ngillari ko'tarildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani
#Onlayn_olimpiada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4306-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan Onlayn fan olimpiadalarida ishtirok etish o'quvchilarga qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish uchun ayni muddao bo'lmoqda.

Ayni kunlarda Muzrabot tumanidagi umumta'lim maktablarida ham onlayn olimpiadalar taqvimiga asosan o'quvchilar belgilangan fanlardan onlayn olimpiada jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍3🥰1
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#qabul_2024

OCHIQ ESHIKLAR KUNIGA MARHAMAT!

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabi 4-6-sinfni bitiruvchi, bilimga chanqoq va zukko o'quvchilarni o'z bag'riga chorlaydi!


🌍 Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
22.06.2024 20:40

"Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil etildi

#Muzrabot_tumani

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍9🕊1
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Muzrabot tumanidagi o‘rganishlari davomida
1-, 2-, 5-, 9-, 14-umumta'lim maktablari hamda 31-sonli IDUM faoliyati bilan tanishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Muzrabot #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥31👏1🎉1
⚡️Muzrabotdagi ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi.

✔️Manzildagi 14-, 21-, 28-, 31-, 51-umumta'lim maktablari faoliyati o‘rganildi.

🔽Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

🔼Shuningdek, boshqarma boshlig‘i maktablardagi darsliklar va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holatini ko‘zdan kechirdi.

⚡️Maktab jamoasi bilan bo‘lgan suhbat davomida boshqarma boshlig‘i yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish, ta'lim sifatini oshirish borasida so‘z yuritdi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📊Ma'lumot uchun, bugungi kunda Muzrabot tumanida mavjud 57 ta umumta'lim maktabi 365 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.


#Muzrabot #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥2🕊2👏1🤩1
📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi.

🔔Tashrif davomida 5-, 30-, 34-, 44-sonli umumta'lim maktablarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari, bino, moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishildi.

✔️Maktab binosi va fayesining belgilangan me'yorlar asosida bezatilganligi, sinfxonalar, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati ham ko‘zdan kechirilib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarida asosan, sifatga e'tibor qaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Muzrabot #yangioquvyili #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Hududlarga_tashrif
#Muzrabot_tumani

⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Muzrabot tumanida bo‘lib, manzildagi 5-20-30-34-umumta'lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

📊5-30-34-umumta'lim maktablarida ayni kunlarda qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari yakunlanmoqda. Muhriddin Normurodov ushbu binolarning qurilish sifati bilan yaqindan tanishdi.

➡️Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Muzrabot tumanida 57 ta umumta'lim maktabi va 23 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.


#Muzrabot #organish #kuzqish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1🕊1
#Hududlarga_tashrif
#Muzrabot_tumani

📝Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Muzrabot tumaniga tashrifi davomida 15-, 16-, 34-umumta'lim maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🚪Xususan,

➡️ta'lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari;

➡️bino, moddiy-texnik baza holati, obodonlashtirish jarayonlari;

➡️tizimga oid hujjatlarning yuritilishi va boshqalar ko‘zdan kechirildi.

Tanaffus davomida maktabning 4-5-sinf o‘quvchilari bilan bo‘lgan suhbat davomida boshqarma boshlig‘i o‘g‘il-qizlarning kelgusidagi orzu va maqsadlari bilan qiziqdi.

📂O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan maktab mas'ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

👆Ma'lumot uchun, bugungi kunda Muzrabot tumanida 57 ta umumta'lim maktabi va 23 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1011🔥1🥰1👏1