Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🇺🇿 Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 19 ta maktab foydalanishga topshirildi

📉Mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Surxondaryo viloyatida ham o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, ta'lim muassasalarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish maqsadida yirik loyihalar asosida ijtimoiy soha obyektlari qurib foydalanishga topshirilmoqda.

➡️Surxondaryo viloyatida joriy yilda davlat dasturlari va tegishli qarorlarga asosan 48 ta maktabda kapital rekonstruksiya, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi va ushbu maktablarning

19 tasi, xususan, Angor tumanida 2 ta, Boysun tumanida 2 ta, Denov tumanida 4 ta, Jarqo'rg'on tumanida 2 ta, Sherobod tumanida 1 ta, Uzun tumanida 1 ta, Qumqo'rg'on tumanida 2 ta, Sariosiyo tumanida 2 ta, Muzrabot tumanida 1 ta, Termiz shahrida 1 ta, Oltinsoy tumanida 1 ta maktab binolari yangi o'quv yili oldidan foydalanishga topshirildi.

⚡️Maktablarning ochilish marosimida tuman mutasaddi rahbarlari, faollar va nuroniy o‘qituvchilar bilan birgalikda mamlakatimizda hurmatli prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z bordi. Jumladan, maktab va maktabgacha ta'lim yo‘nalishiga oxirgi yillarda keng e'tibor qaratilganligi alohida ta'kidlandi.

ℹ️Hozirgi kunda qolgan obyektlarda ham qurilish ishlari davom etayotgan bo'lib, tez kunlarda foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍10🔥2
Forwarded from Xusniddin Mamadiyev
Qadrli ustozlar va hurmatli pedagoglar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga siz kabi jonkuyar, fidoyi pedagoglar tomonidan qilinayotgan astoydil harakatlar sabab erishilmoqda.


Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona - "Mustaqillik kuni" bayrami bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!


Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


Telegram | Facebook
👍43👏52🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev:

"Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling!

Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍10
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan bir guruh faxriy ustozlar uchun “Chinobod Plaza” dam olish maskaniga bepul yo‘llanma taqdim etdik.

Ular orasida 40, 42, 43, 58 (!) yillab chekka hududlardagi maktablarda faoliyat yuritgan o‘qituvchilar bor.

Sanatoriyada ustozlarimiz sog‘liqlarini tiklashlari hamda mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bu boshlanishi! Hali ko‘p ustozlarimiz, faxriylarimiz uchun bunday imkoniyatlar yaratamiz, men o‘ylayman ularning barchasi eng yaxshi sharoitlarda hordiq chiqarishga haqli. Yana bir bor barchangizga bayram muborak!
👍17
🔔Yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

2023-yil 22-dekabrda “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.

❗️Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanishini ma'lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Биринчи Президентимиз хотирасига ҳурмат бажо келтирилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍7
#Биласизми

❗️Янги ўқув йили бошланмоқда: Мактаб ошхоналарида қандай озиқ-овқатларни тайёрлаш ва сотиш тақиқланган?

🚫 Гамбургер, чизбургер, хот-дог, “кириешки”, “хрустяшки”, чипс, энергетик ва газланган ичимликлар... Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти бу турдаги маҳсулотларни кундалик таомномадан чиқаришни тавсия қилади. Қолаверса, улар юртимиздаги умумтаълим муассасаларида рухсат этилмайдиган озиқ-овқат ва таомлар рўйхатига киритилган.

📋 Хусусан, “Умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал таълим муассасаларида ўқувчилар овқатланишини ташкил этишнинг санитария қоидалари, нормалари ва гигиена нормативлари”га кўра, мактаб ошхоналарида қуйидаги маҳсулотлар тайёрланиши ва сотилиши мумкин эмас:

🍔 гўшт қўшилган, майонез, кетчуп ва орасига сабзавотлар солинган нон маҳсулотлари (гамбургер, чизбургер ва хот-доглар);

🍭 сунъий таъм, ҳид берувчи моддалар, бўёқлар, ароматизаторлар қўшилган қандолат маҳсулотлари;

🍿 сунъий консервантлари бўлган “кириешки”, “хрустяшки” ва чипслар, қурт, писта, донали уй шароитида тайёрланган шимиладиган ширинликлар;

🥤рангли ва рангсиз газланган ичимликлар;

🍗 ветеринария назоратидан ўтмаган гўшт, балиқ, паррандалар; жигар, тил ва юракдан ташқари барча калла-почалар;

🥚ташқи қавати тоза бўлмаган, синган, зарур талабларга жавоб бермайдиган тухумлар;

🫙банкаларнинг герметиклиги бузилган, бомбажли, занглаган, шакли ўзгарган, ёрлиғи бўлмаган ва ишлаб чиқариш вақти ҳамда яроқлилик муддати белгиланмаган, айниқса, уй шароитида тайёрланган ҳар хил турдаги консервалар;

🍡турли аралашмалар ёки омбордаги зараркунандалар билан зарарланган ёрма, ун, қуритилган мевалар ва бошқа маҳсулотлар;

🎂 кремли қандолат маҳсулотлари
(торт ва пишириқлар);

🫘 холодец, парранда ва туёқли ҳайвонлар оёғидан тайёрланган ҳамда калла гўшти рулетлари, ўпка-жигарли ва қондан қилинган колбасалар;

🍶 пастеризация қилинмаган
(флягадаги) творог, термик ишлов берилмаган, идишда сақланган творог ва қаймоқ, қўлбола қатиқ, эпизоотик нохуш хўжаликлардан олинган, шунингдек дастлабки ишлов берилмаган ва пастеризация қилинмаган сут ва сут маҳсулотлари, қимиз ва таркибида этанол бўлган (0,5 фоиздан ортиқ) бошқа ачитилган сутли маҳсулотлар;

🍄 қўзиқоринлар ва улардан тайёрланган маҳсулотлар;

🫗 квас;

🍤 хом дудланган гўштли гастрономик маҳсулотлар ва колбасалар, шу жумладан, қайнатилган колбаса;

🌶 сирка, хантал, хрен
(ерқалампир), ўткир қалампир (қизил, қора) ва бошқа ўткир зираворлар;

🍾 ўткир таъмли соуслар, кетчуплар, майонез, консервалар, маринадланган сабзавот ва мевалар;

🧋табиий кофе, тетиклантирувчи ва қувватни оширувчи энергетик ва алкоголь ичимликлар;

🧉 пазандалик мойлари, чўчқа ёғи, маргарин ва бошқа гидроген ёғлар;

данакли меваларнинг мағзи, сақич, мева ва резаворлилардан тайёрланган яхна ичимликлар ва морслар
(термик ишловсиз);

🍳 окрошка ва совуқ шўрвалар, ёғда қовурилган тухум, паштет, гўшт ва творогли қуймоқлар;

🥡 тез тайёрланадиган қуруқ озиқ-овқат концентратлари асосидаги биринчи ва иккинчи таомлар мактаб ошхоналарида бўлиши тақиқланади.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
👍6
📉Xavfsiz maktab – sifatli taʼlim garovi

➡️Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qoʼriqlash boshqarmasi tomonidan yangi oʼquv yili oldidan viloyat hududidagi umumtaʼlim maktablarida xizmat olib borayotgan idoraviy qorovullik boʼlinmalari ishchi-xizmatchilari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

ℹ️Unda qorovullarning xizmat vazifalari va majburiyatlari tushuntirilib, maktab hududida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash borasidagi vazifalari bo'yicha ma'lumot berildi. Shuningdek, muntazam ravishda qorovullar bilan hamkorlikni taʼminlash va nazorat qilish maqsadida bukletlar tarqatildi.

#Maktabqorovullari #milliygvardiya #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🕊1