Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
50.6K subscribers
28.4K photos
2.7K videos
91 files
9.18K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔔Termiz tumanida III "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tdi

🖥Termiz tumanidagi 3-umumta'lim maktabida III an'anaviy "Ustozlar milliy forumi"ning tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, tuman hokimi, pedagoglar va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

✔️Bugungi kunda Termiz tumanidagi 34 ta maktabda 1 ming 700 dan ortiq o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Forum davomida sohada faollik ko‘rsatib kelayotgan 50 nafar pedagoglar munosib taqdirlandi.

ℹ️Tadbirdan so‘ng boshqarma boshlig‘i mazkur maktabda yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish xonasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktab jamoasiga yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

#Termiztumani #ustozlarforumi
#taqdirlash #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Bandixon tumanidagi o‘rganishlari davomida 1-, 2-, 6-, 9-, 30-umumta'lim maktablari faoliyati bilan tanishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🖥Bugungi kunda Bandixon tumanida 43 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, mazkur maktablarda joriy ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Maktablarni ta'mirlash uchun 228 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

#Bandixontumani #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani jarayonlaridan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM