Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🖥Apparat yig‘ilishi: yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida boshqarma xodimlari uchun navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔼Unda asosan, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ijro intizomi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimining holati, shuningdek, ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga oid kun tartibidagi qator masalalar muhokama qilindi.

➡️Boshqarma boshlig‘i yangi 2024-2025-o‘quv yilini har bir maktabda ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, o‘quvchi yoshlarning sifatli ta'lim olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish muhim vazifa ekanligini ta'kidladi.

ℹ️Yig‘ilish davomida ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan aniq vazifalar belgilandi va mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#apparatyigilishi #yangioquvyili
#ijrointizomi #murojaatlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥1🎉1🕊1🏆1
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

Hurmatli ustozlar!

📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktablarda dars taqsimoti mavzusiga bagʻishlangan JONLI MULOQOT tashkil etilmoqda!

Sanasi: 20-avgust
Vaqti: 17:00

👉 Muloqot vazirlikning rasmiy FACEBOOK sahifasida boʻlib oʻtadi.

❗️Savollaringizni mazkur xabar izohida qoldirishingiz mumkin. Unda mas'ullar mavzu yuzasidan savollarga batafsil javob berishadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉2👏1👌1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐Axborot 24 | Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik

📊Termiz shahridagi umumta'lim maktablarini yangi o'quv yiliga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏21🎉1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔Sariosiyoda ta'lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
 
📈Sariosiyo tumanida 91 ta maktab va 34 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

🔼Bugungi kunda tumandagi 8 ta maktabda kapital rekonstruksiya, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

📍Bundan tashqari “Sarijar” mahallasi hududidan 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️2024 yilda 1-mavsum Tashabbusli budjet dasturi asosida jami 2 mlrd 450 mln so‘m mablag‘ ajratilib, shundan 21-maktabda mukammal ta’mirlash va jihozlash, 50-maktabda yangi sport zali qurilmoqda.

🖥Umumta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida mahalliy budjet mablagʻi hisobidan jami 360 mln so‘mlik 6 turdagi mahsulotlar umumta’lim maktablariga tarqatilib, ta’lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi.


#Sariosiyo #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1🎉1
📍Hududlarga tashrif: Jarqo‘rg‘ondagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, 1-, 6-, 7-, 23-, 27-, 41-umumta'lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🖥 O‘rganishlar davomida bino, moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qolaversa, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati bilan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda tumanda 68 ta umumta'lim maktabi mavjud bo‘lib, ushbu maktablarning 65 tasi
1 milliard 158 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Jarqorgon #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👌1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈Uzunda ta'lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda
 
🖥Uzun tumanida bugungi kunda 71 ta maktab va 30 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

🔼Hozirda tumandagi 8 ta maktabda 22 mlrd 807 mln so’m mablag’ evaziga kapital rekonstruksiya, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

➡️Bundan tashqari, “O’rmonchi” mahallasi hududidan 60 o‘rinli yangi 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirish uchun tayyorlanmoqda.

📉2024-yil 1-mavsumda "Tashabbusli budjet" dasturi asosida
6-sonli AFCHO‘Mning isitish tizimi 1 mlrd 300 mln so‘m evaziga ta’mirlanmoqda

ℹ️Umumta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida mahalliy budjet mablagʻi hisobidan jami 280 mln so‘mlik 6 turdagi mahsulotlar umumta’lim maktablariga tarqatilib, ta’lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi.


#Uzun #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92🔥2🎉2🕊2
⚠️RASMIY MUNOSABAT

🖥Bugun ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Denov tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabi direktori bilan bogʼliq holat, deb aytilayotgan videomaterial yuzasidan maʼlum qilamiz:

📈Denov tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabi direktori deb aytilayotgan T.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning 13-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 157-moddasiga asosan, taraflarning kelishuviga koʼra bekor qilingan.

ℹ️Maʼlum qilinishicha, video materialda aks etgan holat esa joriy yilning 17-avgust kuni kuzatilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2😍21
📈Qumqo‘rg‘onda ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

➡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlardagi o‘rganishlari davomida Qumqo‘rg‘on tumanidagi ta'lim muassasalarining ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan tanishdi.

🖥Xususan, boshqarma boshlig‘i 4-, 24-umumta'lim maktablarida binoning jihozlanishi, sinfxonalarning, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holatini ko‘zdan kechirdi.

✔️O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Qumqorgon #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏1🎉1