Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.2K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔔“Mezonlarga asoslangan baholashning yangi tizimi” mavzusida viloyat seminari o'tkazildi

📈Xabaringiz bor, 2024-2025-o'quv yilidan Surxondaryo viloyatidagi 75 ta umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyurg'iga asosan, bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan. Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Denov tumanida ushbu maktablar hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida “Mezonlarga asoslangan baholashning yangi tizimi” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.


➡️Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov so'zga chiqib, 2023-2024-o‘quv yilida baholash tizimining yangi tartibi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan 30 ta umumta’lim maktablari o‘quv ishlari bo'yicha direktorlari hisobotlari tahlili va kelgusidagi vazifalar yuzasidan so'z yuritdi.

✔️Seminar davomida yangi baholash tizimida yuqori natija ko'rsatgan maktablarning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari o'z bilimlarini hamkasblari bilan o'rtoqlashishdi. Shuningdek, baholashda past natija ko'rsatgan maktablarning hisobotlari tinglandi.

#yangibaholash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1🕊1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanidagi pedagoglarga zulm o'tkazish kompaniyasi boshlanganligi aytilgan xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi oʼz ichki Nizomlari qabul qilingan. Pedagog xodimlarga ushbu odob-axloq qoidalariga amal qilgan holda, maktabga belgilangan formada kelishlari tushuntirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7
Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi tegishli buyrugʻi asosida 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 10-sinfdan ikkinchi xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy) oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati hamda ikkinchi xorijiy til oʻquv dasturlari tasdiqlandi.

Shuningdek, mazkur buyruq bilan tegishli taʼlim muassasalariga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha zarur vazifalar belgilandi.

👉 Ikkita xorijiy til oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔Imkonimsan, barkamol avlod!

📊“Barkamol avlod" bolalar maktablarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash yo‘nalishida viloyat miqyosida 2023-yilda jami 704 nafar iqtidorli o‘quvchilar bo‘lib, 2024-yil may oyiga qadar ushbu ko‘rsatkich 850 nafarga yetkazildi.

📱Videolavhada viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida tashkil etilgan press-tur va matbuot anjumani jarayonlari aks etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
🔔Pedagoglarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

📈Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida imzolangan anglashuv memorandumiga asosan, bugun Surxondaryo viloyatidagi
128 ta maqsadli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari uchun Termiz shahrida “Pedagoglarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish uchun murabbiylik dasturini amalga oshirish jarayonining dolzarb masalalari” mavzusida oʻquv-amaliy seminarlari oʻtkazildi.


➡️Ushbu seminarlarda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkiloti mas'ullari, hududiy mentor(trener) va direktorlar ishtirok etishdi.

📊Seminar davomida turli qiziqarli mashg‘ulotlar orqali pedagoglarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish uchun murabbiylik dasturini amalga oshirish jarayonining dolzarb masalalari bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

#kasbiyfaoliyat #maktabgachatalim

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥1🎉1🕊1