Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.2K subscribers
32.1K photos
3.19K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔“Mezonlarga asoslangan baholashning yangi tizimi” mavzusida viloyat seminari o'tkazildi

📈Xabaringiz bor, 2024-2025-o'quv yilidan Surxondaryo viloyatidagi 75 ta umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyurg'iga asosan, bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan. Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Denov tumanida ushbu maktablar hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida “Mezonlarga asoslangan baholashning yangi tizimi” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.


#yangibaholash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1🎉1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olis hududlarda dars berib, 2000$ gacha maosh olayotgan pedagoglar

muxbir: Muqaddas Panjiyeva

#Surxondaryo viloyati

@hududtv
2👍2🔥1🥰1🕊1
💼TAYINLOV

▪️To‘raqulov Lutfulla Abdiqodirovich
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrugʼiga asosan, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▪️️U 1987-yil Sho'rchi tumanida tugʼilgan. 2009-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat.


▪️L.To‘raqulov mehnat faoliyati davomida ta'lim-tarbiya tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

▪️Tayinlovga qadar Sho'rchi tumanidagi 19-sonli umumta'lim maktabi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍24🕊2🔥1🥰1🎉1👌1
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi

📌Ushbu turnirning Surxondaryo viloyat bosqichi Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘tkazildi. Bahslarda Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quvchilaridan iborat “Zakovat” terma jamoalari g‘oliblik uchun bellashdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan “Zakovat” intellektual turnirining hududiy (Surxondaryo viloyat) bosqichi natijalariga ko‘ra:

🥇Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati — 1-o‘rinni;
🥈Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati — 2-o‘rinni;
🥉Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati — 3-o‘rinni egallashdi.

Ushbu jamoalar turnirning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👏8👍4🎉1👌1🕊1
Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15:00  21.09.2024

SURXONDARYODA "KITOBXONLIK FESTIVALI"

#Surxondaryo

muxbir: Bekzod Qodirov

https://t.iss.one/zamon_lavhalar
👍3🔥21🥰1👏1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔Maktabgacha taʼlim asoslarini mustahkamlash yuzasidan konferensiya oʻtkazildi

📊Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida imzolangan anglashuv Memorandumiga asosan bugun Surxondaryo viloyatidagi 106 ta maqsadli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining mentor va pedagoglari uchun Termiz shahrida “Maktabgacha taʼlim asoslarini mustahkamlash: bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish va oilani jalb qilishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida konferensiya oʻtkazildi.


#konferensiya #maktabgachatalim

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1🎉1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Ilgari o‘qituvchining oylik maoshi kamligi sababli maktabda erkaklar kamchilik bo‘lgan", - Suhrobbek Boymatov

📍Surxondaryo viloyatining chekka hududlaridan biri bo'lgan Qiziriq tumanida joylashgan 41-umumta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi Suhrobbek Boymatov 2021-yilda 90 ball bilan oliy toifani, 2023-yilda 87 ball bilan milliy sertifikatni, 2024-yilda esa viloyat bo'yicha eng yuqori 97,5 ball bilan "Vazir jamg'armasi"dan ustama olish imkoniyatini qo'lga kiritgan.

📊Yosh bo'lishiga qaramay, izlanuvchan ustoz 7 yillik ish tajribasi mobaynida qator qiyinchiliklarni yengib o'tdi. Bir vaqtlar Suhrobbek Boymatov uchun orzu bo'lgan maqsadlari bugun uning kundalik hayotiga aylangan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥52🥰1🎉1🤩1👌1🕊1💯1🏆1
⚡️ Ўқитувчилар ойлиги 15 фоизга оширилади

Давлатимиз раҳбарининг тегишли фармонига мувофиқ умумтаълим мактабининг педагог ва бошқа ходимлари ойлиги октябрь ойидан бошлаб 15 фоизга оширилади.

Ўқитувчилар учун янгиланган ойлик суммаси қуйидагича:

– Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 3 млн. 169 минг 623 сўм;
– Олий маълумотли ўқитувчи – 3 млн. 390 минг 824 сўм;
– Иккинчи тоифали ўқитувчи – 3 млн. 796 минг 213 сўм;
– Биринчи тоифали ўқитувчи – 4 млн. 230 минг 138 сўм;
– Олий тоифали ўқитувчи – 4 млн. 674 минг 594 сўм.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
👍8
⚠️RASMIY MUNOSABAT

📍Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi holatlar deb aytilayotgan videoxabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

❗️Ushbu videolavha joriy yilning yoz oylarida tasvirga olinganligi, maktabgacha ta'lim tashkilotining ushbu davrda faoliyat yuritgan direktori o‘z lavozimidan ozod etilganligi va videotasvirdagi tarbiyachi ayni vaqtda mehnat ta'tilida bo‘lganligi sababli ish faoliyatini boshlaganidan so‘ng holat bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganishlar amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

➡️Voqea yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️Umumta'lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi

📌Ushbu turnirning Surxondaryo viloyat bosqichida tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari g‘oliblik uchun bellashdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan “Zakovat” intellektual turnirining hududiy (Surxondaryo viloyat) bosqichi natijalariga ko‘ra:

🥇Jarqo‘rg‘on tuman 12-sonli AFCHO‘M — 1-o‘rinni;
🥈Denov tumanidagi 101-umumta'lim maktabi — 2-o‘rinni;
🥉Termiz tumanidagi 1-umumta'lim maktabi jamoasi — 3-o‘rinni egallashdi.

Ushbu jamoalar turnirning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍8🥰1👌1🕊1