Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
59K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Hududlarga tashrif: maktablarda qurilish ishlari yakunlari bilan tanishildi

🖥Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarligini o'rgandi.

➡️Xususan, Termiz shahridagi 20-sonli, Sherobod tumanidagi
15-sonli, Boysun tumanidagi 47-sonli, Bandixon tumanidagi
3-sonli hamda Qiziriq tumanidagi 30-sonli
umumta'lim maktablarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari yakuni bilan tanishildi. Bino, sinfxonalar ta'mirida sifatga alohida e'tibor qaratilib, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

ℹ️Ma'lumot uchun, viloyatda joriy yilda investitsiya dasturi bo'yicha
7 ta maktabda mukammal ta'mirlash, shuningdek, 48 ta maktabda kapital rekonstruksiya, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi va 3 ta yangi maktab qurilyapti.

#Hududlar #organish #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔Jarqo‘rg‘ondagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

🖥Xususan, maktab binosi, sinfxonalar va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati ko‘zdan kechirildi. Qolaversa, obodonlashtirish ishlari va xonalarning jihozlanishiga ham alohida e'tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Jarqo‘rg‘on tumanida 68 ta maktab mavjud bo‘lib, joriy o‘quv yilida ushbu maktablarning 1-sinfiga 5 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlar qabul qilinmoqda.

#Jarqorgon #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt