Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
52.9K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📈Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlarning sohada uchrayotgan muammolariga quloq tutildi. Shuningdek, taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

🔔Nodavlat maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonining ortishi bolalarning ta'lim muassasalariga qamrov darajasini oshirishda muhim ekanligi ta'kidlanib, mas'ullarga bu borada tadbirkorlarga zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 4 ta nodavlat maktab hamda 2 mingdan ortiq oilaviy, xususiy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

#uchrashuv #tadbirkorlar #talim

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🕊2🥰1👏1
⚠️RASMIY MUNOSABAT

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanidagi 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi holatlar, deb aytilayotgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

✔️Mazkur holat joriy yilning 8-avgust kuni kuzatilgan. Havo issiqligi sababli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari yotoqda yotishni istashmagan. Shu sababli tarbiyachi bolalarni yerga yotqizishga majbur bo‘lgan. Tashkilotga noqonuniy ravishda bolalarni qabul qilish holati kuzatilmagan.


❗️Maktabgacha ta'lim tashkilotining kirish qismida ro‘y bergan holat bo‘yicha, fuqarolarga qo‘pol muomalada bo‘lganligi sabab tashkilot xodimasiga intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

🖥Ma'lumot uchun, 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda tashkilotda 120 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥21👏1🎉1
Hurmatli tizim xodimlari,

Qadrli ota-onalar!


Yangi Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan xalqchil va keng islohotlar natijasi oʼlaroq, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida korrupsiyaning oldini olish, uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʼqnashuviga yoʼl qoʼymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyish, nodavlat taʼlim muassasalari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish, budjet toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini profilaktika qilish borasida qator chora-tadbirlar belgilandi.

Tizimda masofadan yoki “bir darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʼrsatish koʼlami yildan yilga ortib bormoqda.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bu kabi ishlarni kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiradi, jismoniy va yuridik shaxslarning bu sohadagi tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlaydi.


Hurmatli maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi jamoasi,

Qadrli ota-onalar!

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, hududiy bo'limlar, tizim tashkilotlari, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvoh boʼlsangiz yoki ularning qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlsangiz, boshqarmaning “Ishonch telefoni”
(
+99876-227-35-45) yoki mazkur bot (@svmmtb_bot) orqali oʼz murojaatingizni yoʼllashingiz mumkin.

Sizning ushbu murojaatlaringiz maxfiyligi kafolatlanadi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʼyicha keskin choralar koʼriladi.

Shu oʼrinda tizim xodimlaridan korrupsiya holatlarining har qanday koʼrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʼlishga hamda oʼz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqirib qolaman.


Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍9👏5🔥2🥰1
🖥Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosarlari Muhriddin Normurodov hamda Jasur Yo'ldoshevlar yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishish maqsadida Termiz shahridagi qator ta'lim muassasalarida o'rganish ishlarini olib borishdi.

➡️Xususan, qurilish ishlari amalga oshirilayotgan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi o'quv binolari, sinfxonalar va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. 1-sinf o'quvchilari uchun yetkazib berilgan "Prezident sovg'alari", maktab darsliklari ham ko'zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

ℹ️Ma'lumot uchun, Termiz shahrida bugungi kunda 26 ta umumta'lim maktabi hamda 32 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mavjud. Shahardagi maktablarning 25 tasi 145 million so'm mablag' evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Termizshahri #organish #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥21👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔Kasbidan qadr topgan muallima

📈Hayot insonga berilgan tuhfa. Uni mazmunga boyitish insonning o‘z qo'lida. Boysun tumanidagi 2-maktab direktori Norxol Sadatova o'ziga berilgan umrni go‘zal yashayotgan insonlardan biri. U rahbarlik qilayotgan maktab bugun tuman va viloyatda yetakchi bo‘lsa, bekalik qilayotgan oilasi "Ibratli oila" deya e'tirof etilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥21🕊1
#Эълон

Hurmatli ustozlar!

📣 2024-2025-o‘quv yili uchun taqvim mavzu-rejalarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika ta'lim markazining rasmiy telegram sahifasidan olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️Bayramga tuhfa: surxondaryolik pedagoglarning sohadagi xizmatlari e'tirof etildi

📈O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan surxondaryolik jonkuyar pedagoglar Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri tomonidan "Xalq ta'limi a‘lochisi" ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi:

Oysara To‘rayeva - Termiz shahridagi 13-sonli umumta'lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi

Xusniya Normurodova - Sherobod tumanidagi 56-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi


🔔Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida tashkil etilgan tadbir davomida boshqarma boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tomonidan ushbu ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍302🔥2👏1🎉1🕊1🏆1