Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
52.9K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Ustozlar_ijodidan

Uchinchi "Ustozlar milliy forumi"ga bag‘ishlanadi


Tog‘lardan ustozlar ovozi keldi

Quyosh cho‘qqilardan baxt ulashgan kun,
Yurt uzra ma’rifat shamoli yeldi.
Otash yuraklarga asosdir uchqun,
Tog‘lardan ustozlar ovozi keldi.

Burchini yosh avlod umriga bog‘lab,
Muallif yaratdi darsliklar ko‘plab,
Yozning chillasida ilmini toblab,
Tog‘lardan ustozlar ovozi keldi.

Elning elchilari — hozir muallim,
Yangi yondashuvdan to‘lsin der ta’lim,
Buyuk millatiga aylab zo‘r ta’zim,
Tog‘lardan ustozlar ovozi keldi.

Ilm ziyosidan dil obod etib,
Bilim dunyosidan nur bunyod etib,
Buyuk ajdodlarning ruhin yod etib,
Tog‘lardan ustozlar ovozi keldi.

Zamon tez, Yurtdoshim,  zamon shiddatkor,
Yosh qalbga og‘ular solay der makkor,
Murg‘ak umidlarga bo‘lib madadkor,
Tog‘lardan ustozlar ovozi keldi.

Xalqning, Yurtboshining ishonchin tun-kun
Ado etay deya imoni butun,
Ta’lim yetakchisin yuzi bo‘lish-chun
Tog‘lardan ustozlar ovozi keldi.

Chin do‘stlik, ustozlik darsidan so‘zlab,
Mehr-u muhabbatning torini sozlab,
Uchinchi yuksalish yo‘lini ko‘zlab,
Tog‘lardan ustozlar ovozi keldi.

Fazliddin Abduraimov,
Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
🆕 Бугун иш куни тўлиқ бўлади, қисқартирилган эмас!

Айрим манбалар бугун ходимлар 1 соат олдин уйга кетишга қонуний ҳаққи борлигини ёзишибди. Бу нотўғри.

Бугун тўлиқ иш куни бўлади, қисқартирилган эмас. Сабаби Меҳнат кодексининг 187-моддасида ишланмайдиган байрам кунлари арафасида ҳар кунлик ишнинг (сменанинг) давомийлиги барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади, деб белгиланган. «Арафаси» деганда қачон назарда тутилганига шу модданинг иккинчи бандида изоҳ берилган: «байрамдан олдинги куни».

💬 Хулоса:

иш вақти 1 соатга қисқариши учун иш кунининг эртаси кунида ишланмайдиган байрам куни бўлиши керак. Одатий ёки қўшимча берилган дам олиш кунлари ҳисоб эмас.

Эртага — 31 август. Ҳеч қанақа байрам куни эмас.

Бизда Мустақиллик байрами расман 1 сентябрга белгиланган. Демак, шундан бир кун аввал, яъни фақат 31 август кунида иш вақти 1 соатга қисқартирилиши мумкин, холос. 30 августда иш вақти қисқартирилмайди.

ℹ️ Маълумот учун: эртага — шанба куни, 5 кунликлар учун одатий дам олиш, 6 кунликлар учун эса қўшимча дам олиш куни. Яъни барча ходимларга (навбатчиликда турадиганлар, сменали ёки вахта режимида ишлайдиганлардан ташқари) расман дам олиш куни. Аммо эртага расмий байрам куни бўлмагани учун бугун тўлиқ ишланади.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
👍19
📸Fotoreportaj: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda

🏞Fotosuratlarda Termiz shahridagi 31-sonli hamda Sariosiyo tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi jarayonlar aks etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍8🕊32🥰2🎉1👌1
📈Oltinsoyda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

⚡️Oltinsoy tumanidagi 58-maktabda tashkil etilgan III "Ustozlar milliy forumi"da tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mas'ullari hamda pedagoglar ishtirok etishdi.

✔️Bugungi kunda Oltinsoy tumanidagi maktablarda 3 ming 912 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, tadbir davomida ularning 42 nafariga tizimdagi faolligi uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔔Forum davomida yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish va kelgusida ta'lim tizimida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan istiqbolli vazifalar belgilandi.

#Oltinsoytumani #forum #taqdirlash

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🕊2🥰1🎉1
🔔Surxondaryoda psixologlar forumi bo'lib o'tdi

➡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv” mavzusida bugun Jarqo'rg'on tumanidagi 66-umumta'lim maktabida psixologlar forumi bo'lib o'tdi.

ℹ️Unda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari psixologlari uchun sohaga doir taqdimotlar qilindi. Tizimda kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar belgilandi.

✔️Forum davomida sohada faollik ko'rsatib kelayotgan bir guruh psixologlar munosib rag'batlantirildi.

#Psixologlarforumi #taqdimotlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122🔥2👏1🎉1