Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📉Boshqarma boshlig‘i xorijiy til bilimdonlari bilan uchrashdi

🔔Xabaringiz bor, Denov tumanidagi 74-umumta'lim maktabi jamoasi Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" ko'rik-tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etib, "Xorijga sayohat" yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Shuningdek, 70 nafar tanlov ishtirokchilari orasida jamoa a'zosi Mirabror Rajabboyev “The best speaker” deb topildi va tanlov tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.


➡️Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev ushbu bilimdon o'quvchilar bilan uchrashdi. Ularni muvaffaqiyat bilan qutladi.

⚡️O‘quvchilar bilan bo‘lgan samimiy muloqot davomida boshqarma boshlig‘i o‘g‘il-qizlarning kelajakdagi orzu-maqsadlari bilan qiziqdi. Yoshlarga bugungi imkoniyatlardan keng foydalanib, porloq istiqbol sari dadil qadam tashlash borasida fikr bildirdi.

#xorijiytil #prezidentsovrini #thebestspeaker

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍181🤩1👌1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️RADDIYA

🖥Ijtimoiy tarmoqlarda Singapur tajribasi asosida o'tkazilgan seminarlarda sariosiyolik ko'plab maktab rahbarlari va pedagoglarining ishtirok etmaganligi aytilmoqda. Ushbu xabar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

✔️Sariosiyo tumanida joriy yilning 21-24-avgust kunlari Singapur tajribasi asosida "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" mavzusida seminar-treninglar o'tkazildi. Bugungi kunda tumanda 91 ta umumta'lim maktabi mavjud bo'lib, ushbu seminarlarda 91 nafar tabiiy va 91 nafar aniq fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

➡️21-avgust kuni seminarlarda 7 nafar maktab rahbarlari kasallik varaqasida va mehnat ta'tilida bo‘lganligi sababli ishtirok eta olmagan hamda ularning o'rnidan o‘rinbosarlari qatnashgan.

ℹ️23-avgust kuni esa tumanda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazilganligi sababli maktab rahbarlari uchun seminar-treninglar tushdan keyin tashkil etilgan.

🎤Sariosiyoda tashkil etilgan seminar jarayonlarini yuqoridagi lavhada ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101👏1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔"Boshqarma boshlig‘i kubogi" uchun ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan voleybol sport musobaqasi qizg‘in kechmoqda

➡️Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportni ommalashtirishdan iborat.

#boshqarmaboshligikubogi #voleybol

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🎉1
🔔Termiz tumanida III "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tdi

🖥Termiz tumanidagi 3-umumta'lim maktabida III an'anaviy "Ustozlar milliy forumi"ning tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, tuman hokimi, pedagoglar va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

✔️Bugungi kunda Termiz tumanidagi 34 ta maktabda 1 ming 700 dan ortiq o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Forum davomida sohada faollik ko‘rsatib kelayotgan 50 nafar pedagoglar munosib taqdirlandi.

ℹ️Tadbirdan so‘ng boshqarma boshlig‘i mazkur maktabda yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish xonasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktab jamoasiga yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

#Termiztumani #ustozlarforumi
#taqdirlash #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Bandixon tumanidagi o‘rganishlari davomida 1-, 2-, 6-, 9-, 30-umumta'lim maktablari faoliyati bilan tanishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🖥Bugungi kunda Bandixon tumanida 43 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, mazkur maktablarda joriy ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Maktablarni ta'mirlash uchun 228 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

#Bandixontumani #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81🔥1🎉1