Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🖥"Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusidagi o’quv-trening mashg’ulotlari yakunlandi

📉Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabi binosida "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusida o'quv-trening mashg'ulotlari bo‘lib o‘tdi.

➡️2023-2024-o‘quv yilida viloyatimizdagi 30 ta umumta’lim maktablarida yangicha baholash tizimi joriy qilingan bo’lsa, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab 45 ta qo‘shimcha umumta’lim maktablarida bilimlarni baholashning yangi tartibi joriy etilmoqda.

ℹ️Trening mashg’ulotida yangicha baholash tizimi joriy etilayotgan mazkur maktablarning direktorlari hamda direktor o’rinbosarlari ishtirok etishdi. Mashg’ulotlar 21-22-avgust kunlari davom etdi.

#yangibaholash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131
☄️III "Ustozlar milliy forumi"ning shahar va tuman bosqichlari boshlandi

➡️Bugun viloyatimizning barcha hududlarida an'anaviy III "Ustozlar milliy forumi"ga start berildi.

✔️Forum doirasida 15 ta sho‘bada pedagoglar uchun seminar-trening va mahorat darslari tashkil etilmoqda. Bunda ustozlar bilim va mahoratlarini oshirish barobarida o‘zaro tajriba ham almashishmoqda.

🔔Shuningdek, forum doirasida hududlardagi ta'lim tizimida alohida o'rnak ko'rsatib kelayotgan o'qituvchi-murabbiylar munosib taqdirlanmoqda.

#ustozlarforumi #seminar #taqdirlash #hududlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🥰2👏1🎉1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

🔼"Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" shiori ostidagi an'anaviy III "Ustozlar milliy forumi" Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida bo‘lib o‘tdi.


🎤Jarayonlar "O‘zbekiston 24" telekanali nigohida.

#Ustozlarforumi #taqdirlash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1🥰1🎉1🕊1
🖥Fransuz tili o'qituvchilari uchun seminar tashkil etildi

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni ijrosini hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun Fransiyaning Hachette Livre Group nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan fransuz tili darslik majmualarining mazmun-mohiyati bo‘yicha seminarini tashkil etish to‘g‘risida” 2024-yil 7-avgustdagi 247-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha Angor tumanidagi 3-umumta'lim maktabida viloyat seminari bo'lib o'tdi.


ℹ️Seminarda viloyatning barcha hududlaridan fransuz tili o'qituvchilari ishtirok etishdi. Una Hachette Livre Group nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan fransuz tili darslik majmualarinining mazmun-mohiyati bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

📉Endilikda mazkur seminar yil yakuniga qadar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan kaskad usulida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich tashkil etib boriladi.

#seminar #fransuztili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
📉Xavfsiz maktab – sifatli taʼlim garovi

➡️Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qoʼriqlash boshqarmasi tomonidan yangi oʼquv yili oldidan viloyat hududidagi umumtaʼlim maktablarida xizmat olib borayotgan idoraviy qorovullik boʼlinmalari ishchi-xizmatchilari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

ℹ️Unda qorovullarning xizmat vazifalari va majburiyatlari tushuntirilib, maktab hududida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash borasidagi vazifalari bo'yicha ma'lumot berildi. Shuningdek, muntazam ravishda qorovullar bilan hamkorlikni taʼminlash va nazorat qilish maqsadida bukletlar tarqatildi.

#Maktabqorovullari #milliygvardiya #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🕊1
🔔“Mezonlarga asoslangan baholashning yangi tizimi” mavzusida viloyat seminari o'tkazildi

📈Xabaringiz bor, 2024-2025-o'quv yilidan Surxondaryo viloyatidagi 75 ta umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyurg'iga asosan, bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan. Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Denov tumanida ushbu maktablar hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida “Mezonlarga asoslangan baholashning yangi tizimi” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.


➡️Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov so'zga chiqib, 2023-2024-o‘quv yilida baholash tizimining yangi tartibi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan 30 ta umumta’lim maktablari o‘quv ishlari bo'yicha direktorlari hisobotlari tahlili va kelgusidagi vazifalar yuzasidan so'z yuritdi.

✔️Seminar davomida yangi baholash tizimida yuqori natija ko'rsatgan maktablarning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari o'z bilimlarini hamkasblari bilan o'rtoqlashishdi. Shuningdek, baholashda past natija ko'rsatgan maktablarning hisobotlari tinglandi.

#yangibaholash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔“Mezonlarga asoslangan baholashning yangi tizimi” mavzusida viloyat seminari o'tkazildi

📈Xabaringiz bor, 2024-2025-o'quv yilidan Surxondaryo viloyatidagi 75 ta umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyurg'iga asosan, bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan. Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Denov tumanida ushbu maktablar hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida “Mezonlarga asoslangan baholashning yangi tizimi” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.


#yangibaholash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1🎉1🕊1
#Seminar

📈O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 192-sonli buyrug'iga asosan 2024-2025-o’quv yilida Surxondaryo viloyatida 62 tа maktabda tajriba-sinov tariqasida tanlov fanlari tashkil etilgan.

➡️Bugun Termiz shahridagi 13-umumta'lim maktabida "O'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatiga ko'ra fanlarni chuqurlashtirib o'qitish" mavzusida seminar o'tkazildi.

✔️Unda tanlov fanlari joriy etilgan maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘tinbosarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida yig‘ilganlarga mavzuga doir zarur ma'lumotlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥21🥰1🎉1
#Seminar_trening
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan AQSHning Mehribonlik korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari uchun treninglar tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidan 24 nafar metodist ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusiga bag'ishlangan.

📍 Jarayonlar 6 kun davom etadi, unda qatnashgan trenerlar kelgusida 128 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kaskad usulida o'z bilimlarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashishadi.

Trening mashg‘ulotlari davomida pedagoglar yangi pedagogik usullar, bolalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim berishning innovatsion yondashuvlari bilan tanishishlari maqsad qilingan.

🔴 Ayni damda amaliy mashg‘ulotlar doirasida bolalarning o‘qish, yozish, muloqot qilish ko‘nikmalari hamda ratsional ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarini rivojlantirish haqida so‘z yuritilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👌1
🔔Surxondaryoda xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi

📊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan joriy yilning noyabr-mart oylari davomida viloyatning shahar va tumanlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘qituvchilarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan seminar-treninglar o‘tkazilishi va ushbu seminarlarga trener sifatida viloyatimizdagi maktablarda faoliyat olib borayotgan "til egalari" - xorijiy mutaxassislar jalb etilishi rejalashtirilgan.


📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov ushbu xorijiy mutaxassislar bilan uchrashdi va seminarlarni tashkil etish yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi.

⚡️Xususan, tashkiliy masalalar, seminarning asosiy maqsadi hamda kutilayotgan natija haqida o‘zaro fikr almashildi va kelgusidagi istiqbolli vazifalar belgilandi.

🖥Seminar reja-grafigi➡️bu yerda

#seminar #xorijiytillar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥511🎉1🕊1
#Seminar_trening

🚪Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida shahardagi umumta'lim maktablarining fizika fani o'qituvchilari metod kunlarini samarali tashkil etish maqsadida "Amaliy mashgʻulotlar o'tkazishdagi virtual usul" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

📌Ushbu seminardan ko'zlangan maqsad zamonaviy ta'lim berish orqali o'quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil bilim olish, loyiha ishini hamkorlikda bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatishdir.

Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉2🔥1👌1
#PISA_2025
#Seminar

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 30-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida tegishli fan o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida PISA 2025 tadqiqotining mazmun-mohiyati, yo‘nalishlari boʻyicha amaliy hamda metodik yordam ko‘rsatish, maktabning cerebry.co platformasidan foydalanish darajasini aniqlash hamda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida viloyat pedagogik mahorat markazi direktor o'rinbosari S.Sattorov, Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi metodistlari hamda tumandagi yetakchi-mentorlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍11👌1
#KRK_KRS
#Seminar
#Uchinchi_kun

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida ingliz tili fani mentor-oʻqituvchilari uchun "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlari doirasidagi seminar-trening oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Tadbir soʻngida oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etgan 37 nafar mentor-o‘qituvchi Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda viloyat pedagogik mahorat markazi rahbariyati tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlar nafaqat o‘qituvchilar malakasini oshirish, balki ularning yangi pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llashlariga imkon yaratadi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👌21🔥1👏1
#Seminar

📝Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja-grafik asosida tegishli mas’ullar ishtirokida Sherobod hamda Boysun tumanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va psixologlari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi.

🫥Unda yig‘ilganlarga sohaga doir zarur ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🫥Bu kabi seminarlar viloyatning barcha hududlarida tashkil etiladi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1💯1