Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
52.7K subscribers
32K photos
3.15K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Sherobod tumanidagi o‘rganishlari davomida 1-, 2-, 8-, 17-umumta'lim maktablari faoliyati bilan tanishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🖥Bugungi kunda Sherobod tumanida 76 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, shundan 60 tasi joriy ta'mirga muhtoj edi. Ayni kunga qadar mazkur maktablarda joriy ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Maktablarni ta'mirlash uchun 352 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

#Sherobodtumani #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72👏2👌1🕊1
⚡️Surxondaryolik pedagoglarning sohadagi xizmatlari e'tirof etildi

✔️Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida III "Ustozlar milliy forumi"ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, bir guruh ustozlarga "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlarini topshirdi.

🏅Taqdirlanganlar orasida surxondaryolik pedagoglar ham bor:

💐Soliya Tangirova - Angor tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi

💐Saodat Axmedova - Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi


⚡️Ushbu yutuq bilan ustozlarimizni qutlab, kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#Ustozlarforumi #taqdirlash
#Xalqtalimialochisi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥32🥰1🎉1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥21🥰1👏1
❗️Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

🕐 my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

💬 SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

🗒 Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉1
📍Hududlarga tashrif: Bandixondagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Bandixon tumaniga tashrif buyurib, 9-, 10-, 11-umumta'lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🖥 O‘rganishlar davomida bino, moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qolaversa, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati bilan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda tumanda 43 ta umumta'lim maktabi mavjud bo‘lib, ushbu maktablarning 39 tasi 228 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Bandixon #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥21🥰1👏1🎉1🕊1