Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.3K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
✔️Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar maktabgacha ta'lim tashkilotida davom etdi

📌 "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi seminar tumandagi 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham davom etdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

➡️Seminar davomida boshqarma boshlig'i yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so'z yuritdi. Shundan so'ng tumandagi qator maktabgacha ta'lim tashkilotlari jamoalari o'z namunali formalarini yig'ilganlar e'tiboriga havola etishdi.

🔼Shuningdek, 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati, qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 179-sonli buyrugʼi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi va mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti tajribasini tumandagi barcha bog‘chalarda ommalashtirish vazifasi belgilandi.

#Jarqorgon #seminar
#tajribaalmashish #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🥰2🎉1🕊1
⚡️Surxondaryoga "Prezident sovg‘alari" yetib keldi

✔️Joriy o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi 965 ta umumta'lim maktabining 1-sinfiga 63 ming 945 nafar o‘quvchi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, viloyatga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan yuborilgan 63 ming 945 dona "Prezident sovg‘alari" yetib keldi.

🔽Ayni kunlarda sovg‘alar hududlardagi umumta'lim maktablariga bosqichma-bosqich yetkazilmoqda.

🔼1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

✔️  O‘quvchi sumkasi
✔️  12 dona daftar
✔️   Rasm daftari
✔️   Akvarel bo‘yoqlari
✔️   Rangli qog‘oz
✔️  Qalamdon
✔️  Sharikli ruchka
✔️  Rangli qalam
✔️  2 dona oddiy qalam
✔️  Plastilin
✔️  Yelim
✔️   2 dona o‘chirg‘ich

#Prezidentsovgalari #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏2🔥1🎉1🕊1