Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
▪️Hududlarda maktab formalari boʼyicha koʼrgazma-yarmarkalar tashkil etildi

Bugun viloyatimizning barcha hududlarida maktab formalari boʼyicha koʼrgazma-yarmarkalar tashkil etildi.

Unda maktab o'quvchilari uchun namunaviy maktab formalari ota-onalarga namoyish etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi boshqamasi, hududiy bo'limlar hamda maktablar ma'muriyati tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda sifatli, hamyonbop narxlarda maktab formalarini sotib olish imkoniyati ham yaratildi.

Ota-onalar bilan bo'lgan muloqot davomida o'quvchining kiyinish madaniyati, maktabda odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi bo'yicha so'z yuritildi.

Ma'lumot uchun, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi oʼz ichki Nizomlari qabul qilingan. Unga ko'ra:

Oʼgʼil bolalar uchun:

-toʼq rangli shim, och rangdagi koʼylak, toʼq rangdagi kostyum, galstuk;
-kiyimlar toza va dazmollangan boʼlishi kerak.

Qiz bolalar uchun:


-tizzadan yuqori boʼlmagan toʼq rangdagi yubka va och rangdagi kofta, toʼq rangdagi kostyum;
-kiyimlar bejirim, oʼta tor yoki keng boʼlmagan, ortiqcha bezaklardan holi va rang-barang boʼlmagan, toza hamda dazmollangan boʼlishi lozim.

Sochlar ikki yoki bitta qilib turmaklangan, pardoz-andozlardan holi va taqinchoqlar me'yoridan oshmasligi kerak (faqat ixcham zirakka ruxsat etiladi). Kiyimlar chang-gʼuborni oʼziga tortmaydigan va tabiiy matodan tikilgan boʼlishi lozim.


📸Fotosuratlarda Termiz shahri, Angor, Jarqo'rg'on, Termiz, Sariosiyo, Uzun tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

#maktabformalari #yarmarka
#kiyinishmadaniyati #otaonalar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍141🔥1🥰1🎉1🕊1
▪️Maktablarda mahalla "yettiligi" bilan keng hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida Sherobod tumanidagi 38-sonli umumta'lim maktabida yig'ilish o'tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, mahalla vakillari, maktab jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda o'qituvchilar bilan muloqot qilinib, ta'lim muassasasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, maktab-mahalla-oila hamkorligini keng yo'lga qo'yish, o'quvchilar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi amaliy ishlar yuzasidan so'z yuritildi va bu bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, maktabda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilish davomida Qarshiyev O'ktam Payg'amovich Sherobod tumanidagi 38-maktab direktori etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O'ktam Qarshiyev Sherobod tumanidagi 6-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan maktab-internati direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

#Sherobod #38maktab
#manaviymarifiyishlar #tayinlov

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍8🎉21🔥1👌1🕊1
12:00:00-13:00:00
RADIO 24
▪️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

🎙Jarayonlar yuzasidan "O‘zbekiston-24" radiokanali orqali ma'lumot berildi.

#yangioquvyili #tayyorgarlik
#radio #Ozbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
3👍3🔥2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Maktab formalari boʼyicha koʼrgazma-yarmarkalar tashkil etilmoqda

Bugun viloyatimizning barcha hududlarida maktab formalari boʼyicha koʼrgazma-yarmarkalar tashkil etildi.

Unda maktab o'quvchilari uchun namunaviy maktab formalari ota-onalarga namoyish etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi boshqamasi, hududiy bo'limlar hamda maktablar ma'muriyati tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda sifatli, hamyonbop narxlarda maktab formalarini sotib olish imkoniyati ham yaratildi.

Ota-onalar bilan bo'lgan muloqot davomida o'quvchining kiyinish madaniyati, maktabda odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi bo'yicha so'z yuritildi.

#maktabformalari #yarmarka
#kiyinishmadaniyati #otaonalar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍11🔥2🕊2🎉1
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab 35-19-24-sonli maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha maktabda amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Qolaversa, mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

#Termiztumani #yangioquvyili
#maktablar #jihozlash

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍10🥰1👏1👌1🕊1