Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Rasmiy bayonot: xorijiy til o‘qituvchilari kamida В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi muddati uzaytirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining xorijiy til o‘qituvchilari kamida В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan 2025-2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda.

Mazkur holatni inobatga olib, 2024-2025-o‘quv yili oldidan В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan, maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmaydi.

Tegishli darajaga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilaridan belgilangan sertifikatlar 2024-2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi so‘raladi.

#Rasmiybayonot
#xalqarosertifikat #B2

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Apparat yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi apparat yig‘ilishida qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish, ta'lim-tarbiya sifatini hamda pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Qolaversa, ichki odob-axloq qoidalariga rioya qilish, berilgan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida ta'minlash bo‘yicha xodimlarga tushuntirishlar berildi.


Kun tartibidagi boshqa masalalar ham tegishli tartibda muhoma qilinib, mas'ullarga qator vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.

#apparatyigilishi #muhokama #topshiriqlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevning bir kunlik ish faoliyati

Boshqarma boshlig‘i o‘zi ta'lim olgan maktab pedagoglari bilan uchrashdi.

Angor tumanidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
o‘rganildi.

Apparat yig‘ilishida muhim masalalar muhokama
qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod_bolalari

📍NAVBATDAGI MANZIL — SURXONDARYO VILOYATI!

📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.

📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili SURXONDARYO VILOYATI!

⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ!

Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hududlarga tashrif: Angor va Muzrabot tumanlaridagi maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda viloyat prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo'limi boshlig'i Bobur Rahmonovlar Angor va Muzrabot tumanlariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Angor tumanidagi 11-12-sonli, Muzrabot tumanidagi 1-3-48-sonli umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yili uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari va qurilish jarayonlari bilan tanishildi.

Ma'lumot uchun, joriy yilda Angor tumanida mavjud 47 ta, Muzrabot tumanidagi 57 ta umumta'lim maktablari to‘liq joriy ta'mirdan chiqarilmoqda.

O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#yangioquvyili #tayyorgarlik

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt