Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.4K subscribers
32.1K photos
3.17K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from "ISHONCH" TV | UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ishonch_TV
#Live
#Asosiy_olimpiada

Surxondaryoda asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi

Olimpiadaning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, o‘quvchilarga omad tilashdi.

Eslatib o'tamiz, Surxondaryo viloyatida tarix, geografiya, informatika va tojik tili fanidan sinovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍182🔥2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Asosiy_olimpiada

Surxondaryoda asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍83🕊3🥰1
#teatr_festivali
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

📌Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning oʻquvchilar teatr jamoalari oʻrtasida “Teatr - ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivali davom etmoqda.

Ushbu festivalda Termiz shahridagi Prezident maktabining oʻquvchilar teatr jamoasi ham ishtirok etmoqda.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍7👌1
Байрамда кетма-кет 3 кун дам олиш куни бўлиши мумкин

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиев ўзининг телеграм-каналида Рамазон ҳайити арафасида ўзбекистонликлар неча кун дам олиши ҳақида ёзди. Таъкидланишича, Рамазон ҳайитининг биринчи куни ҳозирча аниқ эмас.

Шариат қоидалари бўйича Ҳайит куни янги ой кўринишига қараб белгиланади. Ҳозирги режага кўра, Рамазон Ҳайитида кетма-кет 3 кун дам олиш куни бўлиши кутилмоқда. Булар:

• 10 апрель, чоршанба — Рамазон ҳайити куни;
• 11 апрель, пайшанба — барча учун қўшимча дам олиш куни;
• 12 апрель, жума — 6 кунликларга қўшимча дам олиш куни, 5 кунликларга 13 апрель, шанбадан кўчирилган дам олиш куни;
• 13 апрель, шанба — барча учун иш куни;
• 14 апрель, якшанба — барча учун дам олиш куни.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
👍222🕊1
TAYINLOV

Adinayev Sirojiddin Abdullayevich
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʼiga asosan, Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

U 1984-yil Jarqo‘rg‘on tumanida tugʼilgan. 2022-yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – trener, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi.

S.Adinayev mehnat faoliyati davomida sport hamda ta'lim-tarbiya tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-umumta'lim maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍23🔥4👏2🤩1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Огоҳлик – давр талаби! Ҳар биримиз ўз уйимизни ўзимиз асрайлик!

—————

❗️Ogohlik – davr talabi! Har birimiz oʻz uyimizni oʻzimiz asraylik!

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
3🤩1
#Raqamli_avlod_qizlari

📣 Axborot texnologiyalariga qiziquvchi eng faol qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta'lim sayohatiga yuboriladi!


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda.

❗️Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi, unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.

Bu yilgi tadbirda:

Digital Art,
3D Modelling,
Sun'iy intellekt,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o'tkazilmoqda.

⚡️Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo'nalishi qo'shilgan bo'lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma'lumot berilmoqda.

Bugun mashg'ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Xususan:

🔹"Yangi O'zbekiston" universiteti professsor-o'qituvchisi, misrlik Islam Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug'ullanishi haqida 5 afsona",
🔹 T&T Progress asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan Ayol-qizlar uchun chet elda o’qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Respublika tanlovi mashg'ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar BAAga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101