Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.4K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Sayohat

Olimpiada ishtirokchilari uchun sayohat tashkil etildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan respublika fan olimpiadasi ishtirokchilarining maroqli dam olishlarini ta'minlash maqsadida sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Termiz shahridagi muzeylar, "Vatanparvarlar" bog‘i, shuningdek, Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi va Sulton Saodat majmuasida bo‘lishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍174🕊2👏1
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi bilan hamkorlikda ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan defektolog-logopedlar uchun bugun Termiz shahridagi 12-maktabda "2-aprel - Xalqaro autizm haqidagi ma'lumotlarni tarqatish kuni" munosabati bilan "Autizm va autizmga chalingan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb etishdagi muammolar va yechimlar" amaliy seminari o‘tkazildi.

Unda moslashuv markazi hamda boshqarma mas'ullari ishtirok etib, yig‘ilganlarga mavzuga oid zarur ma'lumotlarni berib o‘tishdi.

Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan atroflicha javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7👌31
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-sonli qaroriga asosan, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, ularning ta’lim berish mahoratini yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida 2024-yildan boshlab umumta'lim maktablari o‘qituvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha yangi Nizom tasdiqlangan.

☑️Ushbu Nizomga muvofiq bugun Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida surxondaryolik pedagoglar o‘rtasida attestatsiyadan oldingi aprobatsiya jarayonlari o‘tkazildi.

🔘Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan 150 nafar o‘qituvchilar ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍15👏32🕊1