Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.3K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Мактаб ўқувчилари учун қишки таътил қачондан бошланади?

Мактаб ўқувчилари учун II чоракнинг сўнгги куни 27 декабрга тўғри келиб, 28 декабрь куни қишки таътилнинг илк куни саналади.

Таътил 14 календарь кун, яъни 2024 йил 10 январгача давом этади. III чорак 2024 йилнинг 11 январидан бошланади.

Эслатиб ўтамиз, талабалар учун қишки таътил 25 декабридан бошланиб, 2024 йилнинг 7 январига қадар давом этиши эълон қилинган эди.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
👍3
#Denov_tumani

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri kubogi uchun Denov tumanidagi maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Vatanparvarlar" harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra, tumandagi 24-umumta'lim maktabining "Janub qalqonlari" jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
Mavsumni betalofat o‘tkazish - bosh maqsad

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Normurodov va boshqarma mas'ullari tomonidan Bandixon tumanidagi umumta'lim maktablarida isitish tizimining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida isitish qozonlarining mavsumga shayligi, isitish bosimi ko‘zdan kechirildi.

Mavsumni betalofat o‘tkazish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
Sariosiyodagi 62-maktabga qo‘shimcha bino qurib berildi

Sariosiyo tumanidagi 62-umumta'lim maktabining homiylar ko‘magi asosida qurilgan 90 oʻrinli yangi binosi bugun tuman hokimi, keng jamoatchilik vakillari va nuroniylar ishtirokida foydalanishga topshirildi.

1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ evaziga qurilgan yangi binoda o‘quvchilarning sifatli ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

1982-yilda qurilgan 62-maktab ilgari 200 o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda 290 o‘ringa ega bo‘ldi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
PISA 2022 natijalari asosida “yo‘l xaritalari” tayyorlanadi
 
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova rahbarligida PISA 2022 natijalari, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar mahoratini yuksaltirish, shuningdek, PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda vazirlik mas’ullari va barcha hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida hududiy boshqarmalar rahbarlarining 2023-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti hamda keyingi yilga rejalashtirilgan loyihalari haqidagi axboroti tinglandi.

✔️Shundan so‘ng, PISA 2022 natijalari to‘g‘risida tahliliy taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda o'zbekistonlik o‘quvchilar natijalari hududlar kesimida tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.

Har birimiz bu tadqiqotlar asosida turgan nuqtamizni yaxshiroq tushunishimiz va bundan keyingi harakatni shunga qarab amalga oshirishimiz lozim. Bu yilgi natijalarimizdan kelib chiqqan holda 2025-yilgi tadqiqotlarga hozirdan jiddiy  tayyorlanish zarur.

Xabaringiz bor, xorijlik ekspertlar va o‘zimizning malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan. Ularning tavsiyalari va barcha hudud rahbarlari takliflari asosida birinchi navbatda har bir tuman kesimida “yo‘l xaritalarini” ishlab chiqamiz.

Bu o‘qituvchilar va o‘quvchilarimizni tayyorlash hamda natijalarimizni yaxshilashga yordam beradi,
dedi Hilola Umarova.

🔴 Ma’lumot uchun: ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda OECD tashkilotining rasmiy saytida o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida namunaviy savollar joylashtirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab borishlari mumkin.

Shuningdek, vazirlik tomonidan PISA tadqiqotlari yo‘nalishida maxsus platforma yo‘lga qo‘yilishi hamda uni yanada takomillashtirish yuzasidan hududlardan taklif va tavsiyalar olinishi ma’lum qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍5🔥1👌1🕊1