Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.3K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Sariosiyoda tungi navbatchilik yo'lga qo'yildi

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi xodimlari uchun tungi navbatchilik joriy etildi.

Bugungi kunda tumanda 91 ta umumta'lim maktabi hamda 33 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mavjud bo‘lib, tungi navbatchilik davomida xodimlar bo‘lim boshlig‘i rahbarligida ta'lim muassasalaridagi isitish tizimining holatini nazorat qilib borishmoqda.

Barcha ta'lim muassasalaridagi isitish tizimi ko‘mirga moslashtirilganligi sababli pechlar sovib qolmasligi, tunda past ko‘rsatkichda yonib turishi ta'minlamoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#Fotoreportaj

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlardagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining isitish tizimi nazoratdan o‘tkazilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube I Twitter
👍3👏1
#Denov_tumani

Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida navbatchilik shtabi faoliyat yuritmoqda.

Shtab a'zolari muntazam tumandagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining isitish tizimi holatini nazorat qilib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etib borishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube I Twitter
👍2👏1🎉1