Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Live

Robo-kodlash olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda

O‘quvchilarni sun'iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlariga qiziqtirish, ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag'batlantirish maqsadida ayni vaqtda Termiz shahridagi Prezident maktabida Robo-kodlash olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Unda viloyatimizdagi Prezident maktabi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-8- hamda 9-11- sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalari ishtirok etishmoqda.

Olimpiadada o‘quvchilar berilgan topshiriqqa asosan, tayyorlab kelgan robortlarini taqdimot qilishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tub
👍2
#Xushxabar

O‘zbekiston terma jamoasi Tailand🇹🇭 davlatida o'tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo'lga kiritdi!

❤️‍🔥Xabaringiz bor, joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o'quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o'tkazildi, unda o'quvchilarimiz eng yaxshi natija qayt etgan davlatlar qatoridan joy olishdi!

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

🥈 Raximov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - KUMUSH medal;

🥈 Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - KUMUSH medal;

🥈 Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi - KUMUSH medal;

🥉 Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - BRONZA medal;

🥉 Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - BRONZA medal;

🔝19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo'lga kiritilgan edi.

TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang!

Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Arpapoya" mahallasida foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3🥰1
OLIMPIADA G'OLIBLARI TAQDIRLANDI

Xabar qilganimizdek
, bugun Termiz shahridagi 26-maktabda Surxondaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi hamkorligida maktablarning 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik fanlari bo‘yicha olimpiadaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev, "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi vakillari, o'quvchi va o'qituvchilar, ota-onalar ishtirok etishdi.

Marosimda dastlab yarim final bosqichida faol ishtirok etgan o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi. Shundan so'ng olimpiadaning g'olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, olimpiadani tashkil etishda yaqindan yordam bergan maktab rahbarlari va boshqa mas'ullar ham munosib rag'batlantirildi.

📖Natijalar va ko'proq foto 👉bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2🕊1