Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
32.2K subscribers
30.9K photos
2.97K videos
96 files
9.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни. Шу муносабат билан жойларда “Тил – давлат тимсоли, мулки, руҳи, миллатнинг маданий ва маънавий бойлиги” мавзусида маънавий-маърифий тадбирлар, давра суҳбатлари ташкил этилаяпти. https://t.iss.one/tvsurxon
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Denov_2-IMI
#jarayon

"TIL-MILLAT KO'ZGUSI"

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 2- son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida   21-oktyabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan "Til-millat ko'zgusi" mavzusida bayram tadbiri o'tkazildi.Tadbirni maktab-internati direktori N.M.Sapiyeva ochib berdi.
Shundan so'ng o'quvchilar tomonidan tayyorlangan til haqida maqollar, she'rlar, chiroyli sahna ko'rinishlari, qo'shiqlar taqdim etildi. Ayniqsa jonli tarzda kuylangan ona allasi, o'zbek tili ravnaqiga hissa qo'shgan, bu tilda o'lmas asarlar yaratgan ijodkorlar haqidagi sahnaviy ko'rinish tomoshabinlarda katta taasurotlar qoldirdi.
Tadbir O'zbekiston24 televideniyasi tomonidan suratga olindi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
|Telegram |Facebook |Instagram
Она тили – жони дилим

Тил нафақат муомала воситаси, балки халқнинг маънавияти, маданияти, урф-одати, унинг турмуш тарзи, тарихи, энг муҳими мустақиллик белгисидир. Дунёда 7 мингдан ортиқ тиллар муомалада бўлиб, дунё аҳолисининг 90 фоизи 70 та тилда сўзлашади.

Халқимизнинг кўп асрлик маданий, илмий-маърифий ва бадиий тафаккури, интеллектуал салоҳиятининг ёрқин ва бебаҳо маҳсули бўлган ўзбек тили жаҳондаги бой ва қадимий тиллардан биридир. Туманимизнинг 7-умумтаълим мактабида ўтказилган “Она тилим жони дилим” мавзусида ўтказилган тадбирда тилнинг аҳамияти ҳақида сўз юритилди. Иқтидорли ўқувчилар ижросидаги шеър, қўшиқ ва рақслар томошабинларни олқишига сабаб бўлди.


✍🏻 Шўрчи тумани ҳокимлиги
Матбуот хизмати


Расмий саҳифаларимиз
Telegram Facebook 🎞 Youtube 🌍Web-site  📸Instagram Twitter