Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.2K subscribers
28.1K photos
2.65K videos
91 files
9.06K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#OAV_biz_haqimizda
#Maktab_maslahatchilari
#Seminar_trening

Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish maqsadida maktab maslahatchisi lovozimi joriy qilingan.

Batafsil:
1. https://uza.uz/uz/posts/maktabdagi-maslahatchining-vazifasi-nima_471282

2. https://uza.uz/uz/posts/termizda-ixtisoslashtirilgan-maktab-va-maktab-internatlari-maslahatchilari-malaka-oshirdi_471637

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan Surxondaryoda "Kitobxonlik haftaligi" bo'lib o'tmoqda.

Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbaidir. Shuning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

Yoshlarimizni ham kitob mutolaasiga jalb qilish, qiziqishlarini oshirish borasida bugunda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Termiz shahridagi 13-umumta'lim maktabi tomonidan “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida katta kitobxonlik haftaligi o‘tkazildi.



#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
⁉️ Биласизми? Оилавий НМТТ очиш учун юборилган онлайн ариза нега рад этилади?

❗️Мутахассис жавоби: Қуйидаги ҳолатларда оилавий МТТ шаклидаги давлат-хусусий шериклик лойиҳасини амалга ошириш учун ариза бўйича рад жавоби берилади:

✔️а) оилавий МТТни ташкил этиш учун ажратилиши режалаштирилган (аризада кўрсатилган) турар ёки нотурар жой майдони:
қурилиш фаолиятини техник жиҳатдан тартибга солиш соҳаси норматив - ҳуқуқий ҳужжатларида белгиланган минимал талабларидан кам бўлганида;
кадастр органларидан олинган маълумотларга кўра ушбу турар ёки нотурар жойнинг майдонига нисбатан ошириб кўрсатилганда;

✔️б) Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати ва (ёки) давлат ёнғин хавфсизлиги назорати органлари томонидан салбий хулоса берилганида;
в) идоралараро электрон алмашинув орқали олинган маълумотларга асосан ариза берувчи турар ёки нотурар жойдан фойдаланиш ҳуқуқига эга бўлмаганида;

✔️г) оилавий МТТ ташкил этилиши режалаштирилаётган ҳудудда (МФЙ, ОФЙ, ҚФЙ, ШФЙ) мактабгача таълим билан қамраб олинмаган 3-7 ёшдаги болалар мавжуд бўлмаганида ёки уларнинг сони ушбу ташкилотнинг қувватини тўлдириш учун етарли бўлмаганида;

✔️д) оилавий МТТ ташкил этилиши режалаштирилаётган ҳудудда (МФЙ, ОФЙ, ҚФЙ, ШФЙ) мактабгача таълим билан қамраб олиш кўрсаткичлари юқори бўлганида;

✔️е) оилавий МТТни ташкил этмоқчи бўлган якка тартибдаги тадбиркор бир вақтнинг ўзида мактабгача таълим тизимининг бошқарув органи ходими ёки давлат мактабгача таълим ташкилотида раҳбарлик лавозимда ишлаганида;

✔️ж) Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати хулосасида оилавий МТТ учун ажратилган майдонда таълим ва тарбия олишга тавсия этилган болаларнинг максимал сони Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 426-сон Қарори билан тасдиқланган Оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари тўғрисидаги Низомнинг 13-бандида белгиланган меъёрдан кам бўлганда.

📍Асос: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 426-сон Қарори 3-илова, 23-банд.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yoshlarning tabiatga bo’lgan iliq munosabatini yanada oshirish maqsadidaTermiz shahridagi 10-umumta’lim maktabida tabiiy va aniq fanlar bo’yicha festival o’tkazildi.

#Termiz_shahri

Bizni kuzatishda davom eting:
t.iss.one/Ishonch_TV_rasmiy
t.iss.one/zamin_online_axborot_dasturi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Angor tumanidagi umumta’lim maktablarida otalarning farzandlar tarbiyasidagi o’rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o’zaro munosabatlarini mustahkamlash yuzasidan “Otalar yig’ilishi” o’tkazilmoqda. Hozirgi lavhamiz orqali mavzuni davom ettiramiz.

#Angor_tumani

Bizni kuzatishda davom eting:
t.iss.one/Ishonch_TV_rasmiy
t.iss.one/zamin_online_axborot_dasturi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Farzand ta’lim-tarbiyasida otaning rolini yanada oshirish, maktab hayotiga bevosita ularni jalb qilish maqsadida barcha hududlar bo’ylab o’tkazilayotgani singari Jarqo’rg’on tumanida ham otalar yig’ilishi bo’lib o’tdi. 

#Jarqo'rg'on_tumani

Bizni kuzatishda davom eting:
t.iss.one/Ishonch_TV_rasmiy
t.iss.one/zamin_online_axborot_dasturi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Mavzudan yiroqlashmagan holda dasturimizni davom ettiramiz. Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida ham “Otam va men sahnada” mavzusida tadbir tashkil etildi.

#Termiz_tumani

Bizni kuzatishda davom eting:
t.iss.one/Ishonch_TV_rasmiy
t.iss.one/zamin_online_axborot_dasturi
#Kun_hikmati

Tenglik va adolat hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar va g'am-g'ussa bo'lmaydi.

✍🏻 Abu Rayhon Beruniy

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Мактабгача_таълим
#Сўраган_эдингиз

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi haqida ma'lumot bersangiz.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 256-son Qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, to‘lov miqdorlari tashkilotning joylashgan manzili, ish rejimi va maktabgacha ta’lim tashkilotiga bir oiladan qatnovchi bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

❗️Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan tabaqalashtirilgan to'lovlar bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin: https://uzedu.uz/uz/news/996

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️RASMIY MUNOSABAT

"Кушербаевга мурожаат" telegram kanaliga "Стадионни сақлаб қолишга ёрдам берингУзун" sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamiz.

Ushbu xabar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o'rganildi. Murojaatga asosan Uzun tuman hokimligi va Uzun tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining ma'lumotlariga asoslanib, murojaatda aytilayotgan Fayzovo Surxon mahallasida joylashgan 27-sonli umumta'lim maktabining stadion maydoni hududidan maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilmasligini hamda ushbu qurilish maktab hududidan 2 km masofadagi bo'sh maydonga ko'chirilib, qurilish ishlari boshlab yuborilganligini ma'lum qilamiz.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube