Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61.9K subscribers
28.1K photos
2.65K videos
91 files
9.06K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Maktab bitiruvchilari uchun nufuzli IT universitetlarining imkoniyatlari taqdim etiladi

🟢 Joriy yilning 12-aprel kuni soat 12:00da maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblar bilan tanishtirish maqsadida yurtimizdagi IT universitetlari vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Unda IT sohasida kadrlar tayyorlovchi quyidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdimotlar qilinadi:

Yangi O‘zbekiston Universiteti;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Toshkent shahridagi INHA universiteti;
Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
Toshkent xalqaro taʼlim universiteti;
“IT Park University” universiteti

➡️ Taqdimotlar orqali mazkur universitetlardagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Onlayn muloqotga quyidagi havola orqali kirish mumkin:
👉 https://www.youtube.com/@UzEdu1/streams


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 KEKSALAR O'GITI - IBRAT MAKTABI!

Keksalarga hurmat-ehtirom qadimiy qadriyatlarimiz sirasiga kirib, iymon-e'tiqodli, ixlosli va nuroniy keksalarning fazilatlaridan ibrat olish, ularning hayotiy tajribasini o'rganish har bir yosh avlodning burchi hisoblanadi.

🔷 Shu maqsadda, bugun Sariosiyo tumani 28-sonli maktabida yoshlar tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish maqsadida el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi S.Qosimov, “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig'inining “Keksalar maslahat” guruhi raisi D.Toshova va maktab ma'muriyat bilan hamkorligida "Keksalar hayoti yoshlarga ibrat" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🔻Tadbirda yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda katta avlod vakillarining tutgan o'rniga to'xtalib o'tildi. Ularning hayotiy tajribalari, millatimizning urf-odatlari, tarixi va madaniyatini bilishlari muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi.

🖊Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
📚 KITOB BIZGA HAYOT YO'LIDA NAFAS OLISHNI O'RGATADI

Bugun Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumta'lim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Beshta muhim tashabbus" festivali hamda "Bir bolaga uch kitob" nomli kitob marafoni o'tkazildi.

🔹 Tadbirda tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari G. Samiyeva, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i T. O'zbekov, 49543-sonli harbiy qism xizmatchilari, homiy tashkilot xodimlari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi.

🔸 Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, o'quvchilar ijrosidagi kuy-qo'shiq va raqslar yig'ilganlar e'tiborini qozondi. Bundan tashqari "Beshta muhim tashabbus" doirasida o'quvchilar tomonidan bajarilgan amaliy ishlar ko'rgazmasi namoyish etildi.

❗️Kitob marafonida maktab kutubxonasi fondiga homiylar tomonidan 2142 dona badiiy adabiyotlar sovg'a qilindi.


🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
🔔navbat.info - bolalar bog‘chasiga nechanchi navbatda ekanligingizni javobi!

📌Bir necha amallarni bajarishingiz kerak:
1. Veb-saytga o'ting: navbat.info
2. Ariza raqamingizni katakchaga kiriting
(ariza raqami sizga DXA yoki YIDXP tomonidan beriladi)
3. Bajarildi! Ko'rsatilgan oynada natijani ko'rasiz.

❗️Sayt "Bilim Makon" tomonidan ishlab chiqilgan.
__________________________________________

🔔navbat.info - ответит какая у вас очередь в детский сад!

📌Нужно всего лишь выполнить несколько шагов:
1. Зайти на сайт: navbat.info
2. Заполнить ячейку по номеру заявления
(номер заявления вам выдает АГУ или ЕПИГУ)
3. Готово! В появившемся окошке вы увидите результат.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ (Xasanova Madina)
"Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida "Kitob marafoni" bo'lib o'tdi

Bugun Sariosiyo tumani 2-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish maqsadida "Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida "Kitob marafoni" bo'lib o'tdi.

Marafonda 4-sektor rahbari Go'zal Samiyeva, tuman hokimi o'rinbosari S.Qurbonov, mahalla faollari, harbiy qism xizmatchilari, ota-onalar tomonidan o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, mutafakkirlar hayoti va faoliyati, ajdodlarimizning ma’naviy jasorati, qahramonliklariga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarni kutubxonaga sovg‘a qildi.

Bundan tashqari kitoblar marafoni tadbiri doirasida bolalar uchun kitoblar yarmarkasini tashkil etdi. Shuningdek, o‘quvchilar “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida maktab kutubxonasi uchun kitoblarni hadya etdi.

📚 Kitob marafonida 2142 dona badiiy kitoblar maktab kutubxonasiga kirim qilindi.

Bundan tashqari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar e’tiboriga o‘quvchilar tomonidan tayyorlagan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Кирилча

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Telegram 🌍 Sariosiyo.uz| Facebook|
📹YouTube|📸Instagram
Forwarded from Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ (Xasanova Madina)
"Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida "Kitob marafoni" bo'lib o'tdi

👉Batafsil

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Telegram 🌍 Sariosiyo.uz| Facebook|
📹YouTube|📸Instagram