Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
52.8K subscribers
32K photos
3.15K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Б.А.Б.М ТАДБИРЛАРИ 6.10.2024й. ТУХТАТИЛДИ (MADINAXON)
🪁 "SMILE SPRING" VARRAKLAR FESTIVALINING TUMAN BOSQICHI O'TKAZILDI

🪁 Joriy yilning 7-aprel sanasida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy sport o'yingohida,  "Barkamol avlod" bolalar maktabining to'garak a'zolari o'rtasida "SMILE SPRING" varraklar festivalining tuman bosqichi o'tkazildi.

Festival 3 ta yo'nalishda tashkil etildi va to'garak a'zolari o'zlari yasagan varraklari bilan ishtirok etishdi.

🏆 Festival so'nggida go'lib bo'lgan to'garak a'zolari e'lon qilindi va ular  I-II-III darajali  diplomlar bilan taqdirlandi.

🪁 G'olib bo'lgan to'garak a'zolari 2023-yil 12-aprel sanasida Qumqo'rg'on tumanida o'tkaziladigan viloyat bosqichida ishtirok etish bo'yicha yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

©Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
👍5🥰1
BANDIXONDA OTALAR YIG'ILISHI O'TKAZILDI

Bugun Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati mudiri Olim Ishpulatov , tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi v.v.b O'rol Abdurahmonov va nuroniylar ishtirokida "Otalar yig'ilishi" o`tkazildi.

Yig'ilishda farzand tarbiyasida otalarning o'rni va ahamiyatini yanada oshirishni tizimli yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlab o'tildi.

Yig'ilish so'ngida o'zlashtirishi, xulqi hamda faolligi bilan tengdoshlariga namuna bo'lib kelayotgan o'quvchilarning otalariga tashakkur bildirildi.


✍🏻Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🟢 PREZIDENT MAKTABI TAJRIBASI TARG'IB QILINMOQDA

Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida viloyatdagi umumta'lim maktablarining 340 nafar direktorlari va ularning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari uchun o'quv-seminari tashkil etildi.

🔹 Seminar davomida ishtirokchilar ushbu maktabda o'quvchilarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar hamda xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

▶️ Shundan so'ng, mehmonlarni maktab faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida media-tur tashkil etildi.

❗️Eslatib o'tamiz, ushbu ta'lim muassasasi 2021-yil sentabr oyidan faoliyat ko'rsatib boshlagan bo'lib, o'quvchi sig'imi 168 nafarga mo'ljallangan. Hozirda ushbu maktabda 165 nafar o'quvchiga 31 nafar yuqori toifali pedagoglar, xususan 8 nafar xorijiy mutaxassislar ta'lim berib kelmoqda.


✍🏻Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3