Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
51.9K subscribers
32K photos
3.16K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
ANGOR TUMANIDAGI MAKTABLARDA HAM OTALAR YIG‘ILISHLARI O‘TKAZILMOQDA

Bugun Angor tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Z.O'tayev, mahalla faollari hamda maktab jamoasi bilan birgalikda "Farzandingiz tarbiyasiga befarq bo‘lmang" shiori ostida "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.

🔰Suhbatlar davomida otaning farzand tarbiyasida tutgan o‘rni, oila-mahalla-maktab o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda otalar bilan doimiy aloqani o‘rnatish borasida kelishib olindi.

✍🏻Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz https://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 15-apreligacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2👎1
#Maktab_maslahatchilari
#Seminar_trening

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun seminar-treninglar o'tkazildi.

⚡️ Maktab maslahatchilarining malakasini oshirish va faoliyatini samarali olib borish bo'yicha tashkil etilgan mazkur seminar-treninglar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahridagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda bo'lib o'tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube|
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'QUV MASHG'ULOTLARIGA SABABSIZ RAVISHDA QATNASHMAYOTGAN O'QUVCHILARNING OTA-ONALARI BILAN YUZMA-YUZ UCHRASHUV O'TKAZILDI

Bugun tuman hokimi Sh.Rajabov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev, tuman hokimining o'rinbosari Z.Raxmatov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i H.Boboqulovalar ishtirokida maktablarda dars mashg'ulotlariga sababsiz ravishda qatnashmayotgan o'quvchilarning ota-onalari bilan ularning xonadonlariga tashrif buyurgan holda suhbatlashildi.

O'quvchilarning maktabga bormaslik sababi o'rganilib, ota-onalarga ta'limning majburiyligi va bunga barcha ota-ona mas'ul ekanligi, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasida belgilangandek, bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, javobgarlikka olib kelishi mumkinligi tushuntirildi.

✍🏻Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Facebook| Instagram | Youtube|Web-sahifa
👍6
SHEROBODDA QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI NISHONLANDI

🔹 Bugun Sherobod tumanida 49-bor maktab o'quvchilari ishtirokida o'tkazilayotgan ekologik bayram tadbirida tumandagi barcha umumta'lim maktabining o'quvchi va yosh tabiatshunos jamoalaridan tashkil topgan o'quvchilari faol ishtirok etishdilar. “Qushlar va Gullar” ekologik ko'rik-tanlovining tuman bosqichi har yilgidek 7 ta yo'nalishda qizg'in va taassurotlarga boy tarzda o'tkazildi. 

Batafsil ⬇️

✍🏻Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5