Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xorijiy_hamkorlik
#Gospital_pedagogika
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan gospital pedagogikani rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Rossiyaning “УчимЗнаем” maktabi direktori, gospital maktablar loyihasi tashkilotchisi va rahbari Sergey Sharikov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📍Tadbir "Mehrli maktab” Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida bo'lib o'tib, unda O‘zbekiston va Rossiya tomonlaridan masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Hilola Umarova O‘zbekistonda taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, vazirlik tomonidan olib borilayotgan islohotlar borasida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, "Mehrli maktab” markazida bolalarning sifatli taʼlim berilishi uchun amalga oshirilayotgan vazifalar va kelgusi rejalar borasida fikr bildirdi.
Ikki tomonlama hamkorlikda imzolanayotgan Shartnoma maktab tarbiyalanuvchilarining markazda davolanishi, sifatli ва qulay ta‘lim olishishga ko‘mak berishini alohida taʼkidladi.
❗️ Uchrashuv so‘nggida Maktabgacha ва maktab taʼlimi vazirligi hamda Rossiyaning “УчимЗнаем” gospital maktabi tomonidan “Uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun taʼlim muhitini yaratish” bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
____
✔️Ma'lumot o'rnida, hozirda "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasida 81 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar va 71 nafar maktab yoshidagi o‘quvchilar mavjud.
Bu yerda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun alohida o‘quv reja tasdiqlangan bo'lib, dars mashg‘ulotlari o'zbek va rus tillarida, 12 ta fandan olib boriladi.
Kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Farg‘onada ham shu kabi gospital maktablar ochilishi rejalashtirilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram