Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Football_for_schools

FIFA 53 TA MAMLAKATDA JORIY ETGAN LOYIHA ENDI O’ZBEKISTONDA!

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev, O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, FIFA vakillari Alexandra Huete hamda Alberto Giacomini ishtirok etishdi.

📍 FIFA mutaxassislari jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etishdi!

Treninglar FIFA vakillari tomonidan o'tkazilib, unda "Football for schools - maktablarda futbol" loyihasi haqida taqdimot qilindi hamda mazkur dasturning ijobiy tomonlari haqida qatnashchilarga so‘zlab berildi.

Ayni damda treninglarda butun Respublikadan saralab olingan 28 nafar jismoniy tarbiya o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

❗️ Alexandra Huete FIFA tomonidan "Football for schools" loyihasi bugungi kunda 53 ta mamlakatda joriy qilinganligini alohida ta’kidlab o'tdi:

- Bu dastur mazkur sport turiga qiziqadigan iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda o‘qitishda alohida ahamiyatga ega. Aynan "Football for sports" loyihasi yordamida dunyo bo'ylab taniqli sport yulduzlari yetishib chiqqan. Bu O'zbekistondagi iste'dodli yoshlarni kashf etishda ham o'ziga xos rol o'ynashiga ishonamiz, - dedi u.

Kunning ikkinchi yarmida seminar ishtirokchilari uchun amaliy mashg'ulotlar hamda “Chig‘atoy” sport bazasiga tashrif rejalashtirilgan.

📍Tadbir Olmazor tumanidagi 191-maktabda bo’lib o’tdi.

📆 Seminar-treninglar 29-aprelgacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram