Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
41.5K subscribers
30.2K photos
2.88K videos
96 files
9.7K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Hashar_elga_yarashar

🔴 Bugun Respublikamiz bo’ylab "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tmoqda.

Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati va markaziy apparati xodimlari ham faol ishtirok etishdi, binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.

#hashar #obodonlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Termiz va Jarqo‘rgon tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔼Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida umumxalq xayriya hashari doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

🔔Shuningdek, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati ham ko‘zdan kechirilib, yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

#Termiz #Jarqorgon #obodonlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz

➡️"Yashil chiroq-2024" musobaqasining respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sha'nini Sherobod tumanidagi 67-umumta'lim maktabining "Yosh targ‘ibotchilar" jamoasi himoya qildi.

ℹ️Jamoa bellashuvlarda faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔔Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoaning barcha a'zolarini qutlab, kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Hududlarga tashrif: Denovdagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Denov tumaniga tashrif buyurib, 24-, 26-, 54-, 76-, 79-, 80-, 95-, 99-, 106-umumta'lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🖥 O‘rganishlar davomida bino, moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qolaversa, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati bilan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda tumanda 109 ta umumta'lim maktabi mavjud bo‘lib, ushbu maktablarning 92 tasi 820 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Denov #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM