Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📈Yoshlarning muammolari tizimli ravishda hal etilmoqda

🖥Prezidentimizning joriy yil 11-apreldagi yoshlar masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga asosan, viloyatdagi yoshlar turli toifalarga ajratilgan hamda indivudial ishlash maqsadida viloyat va tuman darajasidagi rahbarlarga biriktirilgan.

✔️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevga ham bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj, tarbiyasi og‘ir va muammoli yoshlar biriktirilgan bo‘lib, boshqarma boshlig‘i yigit-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan.


➡️Xususan, bugun Sariosiyoga tashrif davomida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Qolaversa, boshqarma boshlig‘i "xonadonbay" tizimda o'ziga biriktirilgan 24 nafar sariosiyolik muammoli yoshlar va ularning oila a'zolari bilan ham uchrashdi.

ℹ️Uchrashuvda yigit-qizlarni qiynayotgan muammolar yaqindan o‘rganildi. Xususan, 1 nafar yoshga tikuv mashinasi ajratildi, 1 nafar yoshga ajratilgan kredit evaziga olib borilayotgan tabirkorlik faoliyati,
1 nafar yoshga olib berilgan motorli kultivator
dan foydalanish holati o'rganildi. 1 nafar yoshga tegishli tartibda kredit ajratish belgilandi va
1 nafar o'quvchining maktabga chiqishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oila farzandlariga maktab formalari olib berildi, bir guruh yoshlarga boshqarma boshlig‘i tomonidan turli sovg‘alar topshirildi. Muammoli yigit-qizlarga ijtimoiy-ma'naviy ko'mak berish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

#Sariosiyo #muammoliyoshlar #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥1🎉1🤩1🕊1
⚡️Sariosiyo tumanidagi ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sariosiyo tumaniga tashrifi davomida manzildagi 47-94-umumta'lim maktablarining faoliyatini o‘rgandi.

🔽Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari, maktab darsliklari va 1-sinflar uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati bilan tanishildi.

➡️Shuningdek, boshqarma boshlig'i tumandagi 66-maktab o'rnida yangidan tashkil etilgan 94-maktab jamoasi bilan uchrashib, pedagoglarning fikr-mulohazalariga quloq tutdi. Jamoaga ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish bo'yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📈Ma'lumot uchun, bugungi kunda Sariosiyo tumanida jami 34 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 94 ta umumta'lim maktablari faoliyat yuritmoqda. Yangi o‘quv yili oldidan tumandagi maktablar
360 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Sariosiyotumani #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍411🔥1🥰1🕊1
📌Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Sherobod tumanidagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🖥Tumandagi qator umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

➡️Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi a'zolari yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko’rish maqsadida hududlardagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

#Sherobod #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov hamda boshqarma boshlig'i o'rinbosari Jasur Yo'ldoshevlar bugun Oltinsoy tumanidagi o‘rganishlari davomida pedagogika kolleji, mobil bog'cha hamda 35-, 42-, 43-, 62-umumta'lim maktablari faoliyati bilan tanishishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🖥Bugungi kunda Oltinsoy tumanida 70 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, mazkur maktablarda joriy ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Maktablarni ta'mirlash uchun 674 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

#Oltinsoytumani #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1