✔️Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar maktabgacha ta'lim tashkilotida davom etdi📌 "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi seminar tumandagi 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham davom etdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
➡️Seminar davomida boshqarma boshlig'i yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so'z yuritdi. Shundan so'ng tumandagi qator maktabgacha ta'lim tashkilotlari jamoalari o'z namunali formalarini yig'ilganlar e'tiboriga havola etishdi.🔼Shuningdek, 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati, qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining
2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi
179-sonli buyrugʼi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi va mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti tajribasini tumandagi barcha bog‘chalarda ommalashtirish vazifasi belgilandi.
#Jarqorgon #seminar#tajribaalmashish #yangioquvyiliTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt