Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
53.1K subscribers
27.5K photos
2.59K videos
91 files
8.88K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Kuzgi_taʻtil
#Sariosiyo_tumani

Ta‘til davomida o'quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida viloyat hududida ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqning ijrosini ta’minlash yuzasidan Sariosiyo tumanidagi 18-sonli umumta'lim maktabining o'quvchilari uchun viloyatimizdagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohat uyushtirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sariosiyo_tumani

Kitob yarmarkasi tashkil etildi


O'quvchi yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida Sariosiyo tumanidagi 82-umumta'lim maktabida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda turli qiziqarli va sermazmun adabiyotlarni o'quvchi yoshlar arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Ma'lumki, kitob - insonning eng yaqin do'sti. Bu kabi tadbirlar og'il-qizlar qalbida kitobxonlikka bo'lgan mehrni uyg'otishda muhim ahamiyatga ega.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sariosiyo_tumani
#18_maktab
#Kitob_marafoni
#Farzandimga_kitob_sovgʻa_qilaman

📚Sariosiyo tumanidagi 18-sonli umumta'lim maktabida 2023-yil 4-dekabr kuni "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida kitob marafonni tashkil etildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad oʻquvchilar orasida kitobxonlikni keng targʻib etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda maʼnan yuksaltirishdir.

📖Kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.

🖋️ Sariosiyo tuman MMTB axborot xizmati.
https://t.iss.one/sariosiyommtb
#Sariosiyo_tumani

Bugun Sariosiyo tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i rahbarligida tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari xo‘jalik mudirlari va o‘t yoquvchilari ishtirokida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida dastlab maktabgacha ta'lim tashkilotida obodonlashtirish ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

So‘ngra joriy yilda autsorsing usulida isitish tizimiga o‘tkazilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko‘mir yordamida isitiladigan pechlarning holati va ularni ishlatish tartibi bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Live
#Sariosiyo_tumani

Ayni damda Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i rahbarligida tumandagi maktablarda isitish tizimining holati o‘rganilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#live
#olimpiada
#Sariosiyo_tumani

⚡️Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘ining tashabbusi bilan bugun tumanda ilk bora boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida ingliz tili, ona tili, matematika fanlaridan olimpiada bo‘lib o‘tmoqda.

☑️Unda tumandagi umumta'lim maktablarining 300 nafarga yaqin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

🔘Olimpiada g‘oliblari qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Sariosiyo_tumani
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

🎗️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.

🖋️ Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi axborot xizmati.
https://t.iss.one/sariosiyommtb
#Sariosiyo_tumani
#Seminar

🔘"Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar" mavzusidagi seminarlar bugun Sariosiyo tumanidagi 3- va 9-sonli umumtaʼlim maktablarida ham boʻlib oʻtdi.

☑️Matematika, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha umumta'lim maktablarining metodik birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari Muhriddin Normurodov ishtirok etib, o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Sariosiyo tajribasi: ta'limda ota-onalar bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

📈Bugun Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan umumta'lim maktablari rahbarlari ishtirokida "Yangi O'zbekistonning yangi ta'lim bosqichi yoʻlida ota-onalar hamkorligi" mavzusida o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

🔔Seminarda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta'lim muassasalarida odob-axloq qoidalari boʻyicha berilgan tavsiyalar borasida so‘z yuritildi.

✔️Seminar soʻngida ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni ota-onalar hamkorligida olib borish vazifasi belgilandi.

#Sariosiyo #seminar
#otaonalarhamkorligi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Denov va Sariosiyo tumanlaridagi o‘rganishlari davomida qator ta'lim muassasalarida bo‘ldi.

➡️Maktablarda olib borilayotgan qurilish ishlari, bino, sinfxonalar va moddiy-texnik bazaning holati, maktabning jihozlanishi bilan yaqindan tanishildi.

🔔Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Denov #Sariosiyo
#organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM