📈Vazir maslahatchisi maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarligini o'rgandi
➡️Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri maslahatchisi Ulug’bek Toshkenboyev Termiz shahri, Angor hamda Sherobod tumanidagi qator maktablarda bo'lib, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. ℹ️Maktab binosi, sinfxonalar va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari o'rganildi. Maktab jamoasi bilan bo'lgan suhbat davomida yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.