Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
59K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ertalabki_saflanish


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar uchun "Ertalabki saflanish" tadbiri o'tkazildi.

📖 Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi oʻquvchilar jo'rligida ijro etildi.

🌐📡▶️ Shuningdek,  o'quvchilarga o'tgan hafta davomida yurtimizda va dunyo miqyosida sodir boʻlgan muhim yangiliklar haqida axborot berildi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#amaliy_tashrif

🔰 MUZRABOTDA O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISH MAQSADIDA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIGA SAYOHAT TASHKIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari "Muzrabot Indenim klaster" MCHJ ga qarashli paxta zavodiga  tashrif buyurishdi.

📌 Tashrif mobaynida ularga  tajribali xodimlar tomonidan  zavod faoliyati haqida tushunchalar berildi hamda oʻquvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

🤝 Shuningdek, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va "Muzrabot Indenim klaster" MCHJ bilan hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Muzrabot_tumani

Navbatdagi otalar yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun Muzrabot tumanidagi 7-umumta'lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining otalari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli yot g‘oyalardan asrash va boshqa qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

⚔️🛡️ XALQ VA ARMIYA - BIR TAN-U BIR JON !

🔰 Harbiy qismda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" doirasida Qurolli kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda o'quvchilar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🔷 Uchrashuv davomida faxriylar yurtimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish har bir yosh avlodning Vatan oldidagi oliy burchi ekanligi haqida aytib o'tdilar.

🌍 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Muzrabot_tumani

"3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari tomonidan imkoniyati cheklangan, yakka tartibda ta'lim oladigan bolalarning holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

Shuningdek, bolalar uchun dasturxon yozilib, ularning ko‘ngillari ko'tarildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani
#Onlayn_olimpiada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4306-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan Onlayn fan olimpiadalarida ishtirok etish o'quvchilarga qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish uchun ayni muddao bo'lmoqda.

Ayni kunlarda Muzrabot tumanidagi umumta'lim maktablarida ham onlayn olimpiadalar taqvimiga asosan o'quvchilar belgilangan fanlardan onlayn olimpiada jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Muzrabot tumanidagi o‘rganishlari davomida
1-, 2-, 5-, 9-, 14-umumta'lim maktablari hamda 31-sonli IDUM faoliyati bilan tanishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Muzrabot #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi.

🔔Tashrif davomida 5-, 30-, 34-, 44-sonli umumta'lim maktablarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari, bino, moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishildi.

✔️Maktab binosi va fayesining belgilangan me'yorlar asosida bezatilganligi, sinfxonalar, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati ham ko‘zdan kechirilib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarida asosan, sifatga e'tibor qaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Muzrabot #yangioquvyili #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM