Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sherobod_tumani

Mehr-saxovat - inson bezagi

"3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari tumandagi 27-umumta'lim maktabida yakka tartibda ta'lim oladigan o‘quvchilarning xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar olishdi.

O‘quvchilarga bayram sovg‘alari va mehr ulashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Sherobod tumanidagi 40-umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tadbir uyushtirildi. Unda maktab o'quvchilaridan iborat "Yosh huquqshunos" hamda "Adolat" jamoalari o'zaro huquqiy bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

Qizg'in va munozaralarga boy tarzda o'tgan musobaqa natijasiga ko'ra, "Adolat" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi va jamoa a'zolari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Maktablarga yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish uchun elektron darslik va qoʼllanmalar, televizorlar va kompyuter jamlanmalari sovgʼa qilindi


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
26-apreldagi
“Taʼlim muassasalarida yoʼl harakati targʼibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 212-sonli qarori ijrosini taʼminlash, oʼquvchilarning Yoʼl harakati qoidalariga yoshlikdan amal qilishi, yoʼllarda harakatlanish madaniyatini yanada shakllantirish, yoʼl belgilarini oʼrganishi maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Sherobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 10 dan ortiq umumtaʼlim maktablariga Yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish uchun elektron darslik va qoʼllanmalar, televizorlar va kompyuter jamlanmalari sovgʼa qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Davlatimiz rahbarining "Ma'naviyat sektori"ni tashkil etish bo‘yicha "Surxondaryo tajribasi"ni yaratish topshirig‘ining ijrosini ta'minlash, umumta'lim va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviyat xonalari tashkil etish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, maktablardagi musiqa asboblaridan unumli foydalanish hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan Sherobod tumanining "Istiqbol" mahallasida joylashgan 61-sonli umumta'lim maktabida tuman hokimi, IIB boshlig‘i, Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, tumandagi barcha umumta'lim maktabi direktorlari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda sektor rahbarlari tomonidan umumta'lim maktablarida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, maktabda ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

25 ta maktabga badiiy adabiyotlar jamlanmasi topshirildi

Sherobod tumanida 25 ta maktabga tuman hokimligi tomonidan 27 nomdagi 2 ming 25 dona kitoblar sovg‘a qilindi.

Endilikda ushbu kitoblar maktab kutubxonalarini boyitish bilan birga o'quvchilarning ma'naviyatini oshirishda xizmat qiladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#Sherobod_tumani
#Maʻnaviyat_sektori

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish shoʼbasi mas'ullari tomonidan Sherobod tumanidagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan “Maʼnaviyat sektorlari” faoliyati, xonalarning jihozlanishi va meʼyoriy hujjatlarning yuritilish holati oʼrganildi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatildi va mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sherobod_tumani
#Seminar_trening

⚡️Sherobod tumanida psixologlarning bilim va malakasini oshirish maqsadida o'quv-seminari tashkil etildi.

Seminar jarayonida yoshlarni xulq-atvoridagi salbiy o'zgarishlarni bartaraf etish, ta'lim muassasalarida sog'lom psixologik muhitni yaratish, xulq-atvorida o'zgarishi bor o'quvchilarga psixologik yordam ko'rsatish masalalari ko'rib chiqildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15.03.2024 20:40

“Turon” maktab teatri Respublika tanlovi oldidan seminar

#Sherobod_tumani

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
13.06.2024 20:40

10 kunlik sog’lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi

#Sherobod_tumani

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
▪️Maktablarda mahalla "yettiligi" bilan keng hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida Sherobod tumanidagi 38-sonli umumta'lim maktabida yig'ilish o'tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, mahalla vakillari, maktab jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda o'qituvchilar bilan muloqot qilinib, ta'lim muassasasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, maktab-mahalla-oila hamkorligini keng yo'lga qo'yish, o'quvchilar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi amaliy ishlar yuzasidan so'z yuritildi va bu bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, maktabda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilish davomida Qarshiyev O'ktam Payg'amovich Sherobod tumanidagi 38-maktab direktori etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O'ktam Qarshiyev Sherobod tumanidagi 6-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan maktab-internati direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

#Sherobod #38maktab
#manaviymarifiyishlar #tayinlov

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
📈Sherobodda ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

➡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlardagi o‘rganishlari davomida Sherobod tumanidagi ta'lim muassasalarining ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan tanishdi.

🖥Xususan, boshqarma boshlig‘i 14-, 17-, 27-, 31-, 56-, 67-, 72-, 77-umumta'lim maktablarida binoning jihozlanishi, sinfxonalarning, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holatini ko‘zdan kechirdi.

✔️O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Sherobod #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Sherobod tumanidagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🖥Tumandagi qator umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

➡️Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi a'zolari yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko’rish maqsadida hududlardagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

#Sherobod #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sherobod

"O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.

Sherobod tumanida "O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tashkil etilgan bayram tadbirida barcha sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar hamda murabbiylar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ko‘p yillar davomida alohida o‘rnak, fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Hududlarga_tashrif
#Sherobod_tumani

📰Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Bekzod Tashpulatov Sherobod tumanida bo'lib, chekka hududlardagi qator ta'lim muassasalarida o'rganish ishlarini olib bordi.

🚪Xususan, 12-, 33-, 34-sonli umumta'lim maktablari binosi, moddiy-texnik baza va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi. Shuningdek, dars jadvallari va boshqa me'yoriy hujjatlarning yuritilish holati bilan ham tanishildi.

Ta'lim muassasasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

⬇️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Sherobod tumanida 77 ta umumta'lim maktabi va 41 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM