Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Diqqat_yoʻlovchi
#Angor_tumani

"Diqqat, bolalar!" targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🏫 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 27-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Diqqat, yo‘lovchi!, Diqqat, bolalar!" nomli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida"gi rejasiga asosan Angor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

🚦Targ‘ibot tadbirlarida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l belgilar va boshqa yo‘l jihozlari haqida, aynan piyodalarga oid qoidalar hamda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha zaruriy tushunchalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Kuzgi_taʻtil
#Angor_tumani

Kuzgi ta'tilni maroqli va mazmunli o'tkazish maqsadida bugun Angor tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internati oʻquvchilari uchun sportning #GOLBOL turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Unda o‘quvchilar faol ishtirok etib, sportdagi mahoratlarini namoyish etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi

Bugun Angor tumanidagi 1-maktabda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Normurodov ishtirokida navbatdagi "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.

Unda farzand tarbiyasida otaning rolini oshirish, yoshlarni kasb-hunar va chet tillarini puxta o‘zlashtirishga jalb etish borasida fikr yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Bayrog'imiz - faxrimiz

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun
munosabati bilan bugun Angor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda tumandagi 9-umumta'lim maktabi jamoasi tomonidan bayram tadbiri o'tkazildi.

Unda 9-maktab o'quvchilari ijrosidagi turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida ona yurtimiz madh etilib, bugungi dorilomon kunlarga shukrona keltirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Angor_tumani

Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Angor tumanining Yangi hayot mahallasida 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Zamonaviy uslubda qurilgan ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti 90 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, loyiha qiymati 3 milliard so‘mni tashkil etadi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, mahalla nuroniylari va faollari ishtirok etishdi. Tuman hokimi barchani yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushgani munosabati bilan qutlar ekan, tarbiyaning negizi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamon talablari darajasida yuqori saviyada tashkil etish, zarur anjomlar, malakali kadrlar bilan ta’minlash yetuk, barkamol kelajak avlodni tarbiyalashda muhim omil ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angor_tumani

Yangi yil – orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami


Angor tumanining Sharq guli mahallasi hududida joylashgan alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatida Yangi yil bayrami nishonlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
▪️Boshqarma boshlig‘i o‘zi ta'lim olgan maktab pedagoglari bilan uchrashdi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Angor tumanidagi o‘zi tahsil olgan 13-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi. Manzilda maktab jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda ta'lim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash maqsadida pedagoglarning taklif va tashabbuslariga quloq tutildi.

Boshqarma boshlig‘i o‘qituvchilardan kelib tushgan har bir taklifni qo‘llab-quvvatladi. Yangi o‘quv yiliga qadar maktab uchun autsorsing usulida oshxona qurilishi, elektron doskalar yetkazib berilishi ko‘zda tutildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i 13-maktabning "Xamkon" mahallasidagi filiali uchun qad rostlayotgan 96 o‘rinli o‘quv binosining qurilish ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan ham tanishdi.

#Angor #13maktab #uchrashuv
#moddiytexnikbaza

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Angor tumanidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Angor tumaniga tashrifi davomida bugun umumta'lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan tanishdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-mart kuni viloyatimizga tashrifida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Angor tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabiga 280 oʼrinli, 44-sonli umumtaʼlim maktabiga esa 180 oʼrinli oʼquv binosi qurib berilmoqda.

Boshqarma boshlig‘i ushbu maktablarda bo‘lib, qurilish jarayonlari bilan tanishar ekan, mas'ullarga sifatga alohida e'tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda Angor tumanida jami 47 ta umumta'lim maktablari mavjud bo‘lib, 385 million so‘m mablag‘ evaziga ushbu maktablarning barchasi joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Angor #yangioquvyili #tayyorgarlik

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov bugun Angor tumanidagi o‘rganishlari davomida
3-, 5-, 41-umumta'lim maktablari hamda 15-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Angor #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Angor va Qiziriq tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab Angor tumanidagi 5-, 19-, 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Angor tumanidagi 3-, 7-, 28-, 29-umumta'lim maktablari hamda Qiziriq tumanidagi 29-sonli maktabda Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

O'rganish davomida mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

#Angor #Qiziriq
#yangioquvyili #maktablar #jihozlash

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Angordagi ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Angor tumaniga tashrif buyurdi.

✔️Manzildagi 23-, 17-, 47-umumta'lim maktablari faoliyati o‘rganildi.

🔽Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📈Ma'lumot uchun, bugungi kunda Angor tumanida jami 26 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 47 ta umumta'lim maktablari faoliyat yuritmoqda. Yangi o‘quv yili oldidan tumandagi 47 ta maktab 385 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi. Bugungi kunda qator ta'lim muassasalarida mukammal ta'mirlash va qo‘shimcha bino qurish ishlari davom etmoqda.

#Angor #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈Angorda yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan seminar o‘tkazildi

🔼Angor tumanidagi 9-umumta'lim maktabida "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

✔️Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rahbariyati, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari hamda boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

🖥Seminar davomida yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida ishtirokchilarga ta'lim muassasalarini tegishli tartibda jihozlash va bezatish, qolaversa, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

#Angor #seminar #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Angordagi ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Angor tumaniga tashrif buyurdi.

✔️Manzildagi 18-, 31-, 33-, 36-umumta'lim maktablari faoliyati o‘rganildi.

🔽Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

🔼Shuningdek, boshqarma boshlig‘i maktablardagi darsliklar va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holatini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Angor #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM