⚡️Chelyabinskning "Lantan" kompaniyasi bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarining isitish tizimini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi📈Joriy yilning
15-19-iyul kunlari Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan edi. Tashrif davomida Chelyabinsk viloyati bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan, bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i
Xusniddin Mamadiyev Chelyabinsk viloyatining
"Lantan" kompaniyasi direktori
Nikolay Valeryevich bilan uchrashdi.
🔼Uchrashuv davomida boshqarma va mazkur xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.❗️Ma'lumot uchun, "Lantan" kompaniyasi blok-modulli qozonxonalar, bug‘ va issiq suv qozonlari, burnerlar, turli xil uskunalar o‘rnatilgan texnologik blok qutilarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.🔔Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda viloyatdagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining isitish tizimi holati yanada yaxshilanishi ko‘zda tutildi.
#xorijiyhamkorlik #Chelyabinsk#isitishpechlariTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt