📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
Muhriddin Normurodov Qumqo‘rg‘on tumanidagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
✔️Xususan, tumandagi "Barkamol avlod" bolalar maktabidagi to‘garaklar faoliyati, qamrov darajasi bilan tanishildi.
🖥Shuningdek, tumandagi qator umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.➡️Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi a'zolari yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko’rish maqsadida hududlardagi ta'lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.
#Qumqorgon #yangioquvyili #organish#BarkamolavlodTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt