Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xorijiy_hamkorlik
#Gospital_pedagogika
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan gospital pedagogikani rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Rossiyaning “УчимЗнаем” maktabi direktori, gospital maktablar loyihasi tashkilotchisi va rahbari Sergey Sharikov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📍Tadbir "Mehrli maktab” Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida bo'lib o'tib, unda O‘zbekiston va Rossiya tomonlaridan masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Hilola Umarova O‘zbekistonda taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, vazirlik tomonidan olib borilayotgan islohotlar borasida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, "Mehrli maktab” markazida bolalarning sifatli taʼlim berilishi uchun amalga oshirilayotgan vazifalar va kelgusi rejalar borasida fikr bildirdi.
Ikki tomonlama hamkorlikda imzolanayotgan Shartnoma maktab tarbiyalanuvchilarining markazda davolanishi, sifatli ва qulay ta‘lim olishishga ko‘mak berishini alohida taʼkidladi.
❗️ Uchrashuv so‘nggida Maktabgacha ва maktab taʼlimi vazirligi hamda Rossiyaning “УчимЗнаем” gospital maktabi tomonidan “Uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun taʼlim muhitini yaratish” bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
____
✔️Ma'lumot o'rnida, hozirda "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasida 81 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar va 71 nafar maktab yoshidagi o‘quvchilar mavjud.
Bu yerda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun alohida o‘quv reja tasdiqlangan bo'lib, dars mashg‘ulotlari o'zbek va rus tillarida, 12 ta fandan olib boriladi.
Kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Farg‘onada ham shu kabi gospital maktablar ochilishi rejalashtirilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

#Football_for_schools
FIFA 53 TA MAMLAKATDA JORIY ETGAN LOYIHA ENDI O’ZBEKISTONDA!
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.
Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev, O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, FIFA vakillari Alexandra Huete hamda Alberto Giacomini ishtirok etishdi.
📍 FIFA mutaxassislari jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etishdi!
Treninglar FIFA vakillari tomonidan o'tkazilib, unda "Football for schools - maktablarda futbol" loyihasi haqida taqdimot qilindi hamda mazkur dasturning ijobiy tomonlari haqida qatnashchilarga so‘zlab berildi.
Ayni damda treninglarda butun Respublikadan saralab olingan 28 nafar jismoniy tarbiya o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.
❗️ Alexandra Huete FIFA tomonidan "Football for schools" loyihasi bugungi kunda 53 ta mamlakatda joriy qilinganligini alohida ta’kidlab o'tdi:
- Bu dastur mazkur sport turiga qiziqadigan iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda o‘qitishda alohida ahamiyatga ega. Aynan "Football for sports" loyihasi yordamida dunyo bo'ylab taniqli sport yulduzlari yetishib chiqqan. Bu O'zbekistondagi iste'dodli yoshlarni kashf etishda ham o'ziga xos rol o'ynashiga ishonamiz, - dedi u.
Kunning ikkinchi yarmida seminar ishtirokchilari uchun amaliy mashg'ulotlar hamda “Chig‘atoy” sport bazasiga tashrif rejalashtirilgan.
📍Tadbir Olmazor tumanidagi 191-maktabda bo’lib o’tdi.
📆 Seminar-treninglar 29-aprelgacha davom etadi.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xorijiy_hamkorlik
#Ixtisoslashgan_maktablar
📍Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasi tashkil qilindi
✅ Mazkur tadbir BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasi bo‘lib, maqsadi esa, o‘quvchilarga interaktiv va zavqli ta'lim tajribasi orqali nafaqat BMT haqidagi, balki global muammolarga oid tushunchalarini kengaytirishda ko‘maklashishdir. Bu o‘quvchilarni global muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda ularga yechim topishda xalqaro yondashuv bilan ijodiy fikrlashga undaydi.
📌 Ta’kidlash lozim, yaqinda AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning “ECOSOC” Yoshlar forumida O‘zbekiston Respublikasi yoshlari delegatsiyasi ham munosib ishtirok etdi. Bunday tadbirlar ana shunday forumlarda ishtirok etayotgan lider avlodlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Batafsil
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Қозоғистон
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari Qozog'istonning Almati shahrida bo'lib o‘tayotgan "Ona tiliga asoslangan ko‘p tilli ta'lim ijtimoiy integratsiya va sifatni ta'minlash yo‘li" mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etishmoqda.
Unda ona tiliga asoslangan ko‘p tilli ta’lim masalalari, shu jumladan, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda yangi loyiha va tashabbuslar muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, konferensiya doirasida Qozog‘istondagi ko‘p tillar o‘qitiladigan maktablar o‘rganilishi ham rejalashtirilgan.
📍Mazkur konferensiya Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Mo‘g‘iliston, Moldova, va Gruziya mamlakatlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.
❕Konferensiya 6-mayga qadar davom etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱 Telegram | 📹 Youtube | 📒 Facebook | 📸 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya
VAZIRLIK O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH SOHASIDA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK QILADI
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev, GIZ rahbari Mattias Klingenberg va ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi.
❗️Uchrashuv doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) o‘rtasida "O‘zbekiston professional ta’lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash" loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar jumladan:
▶️ yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishda birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,
▶️ xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda o‘quv tadbirlarini tashkil etish,
▶️ o‘zaro hamkorlik doirasida axborot texnologiyalari sohasida birgalikda ishlashga kelishib olishdi.
✔️Ma’lumot uchun, O‘zbekiston professional ta’lim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab quvvatlash loyihasi 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

#Angliya
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI HAMDA PORSTMUT UNIVERSITETI O’RTASIDA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI
✅ London shahrida Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobby Mehta bilan anglashuv memorandumini imzoladi.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar:
▶️ Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalliy chet tili o‘qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo‘lga qo‘yish,
▶️ Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
▶️ Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta’lim yo‘nalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo‘nalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.
❗️Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida, Respublikamizning maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan Portsmut, Glazgo, Manchester Metropolitan, Vorvik, Notingem Trend, London hamda Oksford universitetlari o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar, ta’lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

#Bryussel
🔴 Ayni damda Belgiyaning Bryussel shahrida Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkilotining Boshqaruv Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.
📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti Boshqaruv Kengashi a’zosi Usmon Sharifxodjayev ham ishtirok etmoqda.
✔️ Kengash doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan va 2023-2026 -yillarga mo‘ljallangan Milliy Yo‘l xaritasi (National Compact) taqdimoti bo'lib o'tdi. Bundan tashqari, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qilindi.
❗️ Shuningdek, tadbir davomida vazirlik delegatsiyasi va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti raisi Djakaya Kikvekeva, UNESCO Bosh direktori o‘rinbosari Stefaniya Janini hamda UNICEFning Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Global direktori Robert Jenkins bilan istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jakaya Kikveke O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, tashkilotning o'zaro hamkorlikka tayyor ekanligini ta'kidladi.
❕Ma'lumot uchun, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti xalqaro tashkilot bo‘lib, unga 100 dan ortiq mamlakat va donor tashkilotlar, xususan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, UNICEF, UNESCO kabi tashkilotlar a'zo hisoblanadi.

UNICEF tashkilotining Ta’lim sektori rahbari Robert Jenkins va UNESCO Bosh kotibi o‘rinbosari Stefaniya Janini bilan muhokamalar bo'lib o'tdi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev Belgiyaning Bryussel shahrida bo'lib o'tayotgan Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkilotining Boshqaruv Kengashi yig'ilishida ishtirok etayotganligi haqida xabar bergandik.
📍 Mazkur yig'ilish doirasida Usmon Sharifxodjayev UNICEF tashkilotining Ta’lim sektori rahbari Robert Jenkins bilan uchrashdi. Robert Jenkins O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, UNICEF bu borada har qanday ko‘makka tayyor ekanligini bildirdi.
Tomonlar uchrashuv davomida inklyuziv ta’limni joriy etish dasturini ishlab chiqish va uni xalqaro ekspertizasini o‘tkazish, inklyuziv ta’lim yo‘nalishida hamkorlikda konferensiya tashkil etishga kelishib olishdi.
❗️ UNESCO Bosh kotibi o‘rinbosari Stefaniya Janini bilan uchrashuvlar chog'ida, Janini xonim 2022-yil noyabr oyida O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘tkazilgan xalqaro anjuman yuzasidan O‘zbekiston hukumatiga yana bir bor o‘z minnatdorchiligini bildirib, Toshkent deklaratsiyasi rasman UNESCO qarorgohida tasdiqlanganligini va e’tirof etilganligini qayd etdi.
📍 O‘z navbatida uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda maktab ta’limi pedagoglarini kasbiy rivojlantirish bo'yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishishdi.

#Turkiya
Vazirlik delegatsiyasi Ta'lim instituti vasiylik yig'ilishida ishtirok etmoqda
✅ Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Ta’lim instituti Vasiylik kengashining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
❗️Unda O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi delegatsiyasi ilk bora ishtirok etmoqda.
📍Tadbirning birinchi kuni, 4-avgustda Vasiylik kengashi ekspertlari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, fikr-mulohazalar almashishdi.
Ekspertlar yig‘ilishidan so‘ng, delegatsiya rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Turkiya Milliy ta’lim vaziri, professor Yusuf Tekin bilan uchrashdi.
✔️ Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat rahbariyati o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda har tomonlama strategik sheriklik kundan-kunga mustahkamlanayotganligi va ta’lim sohasidagi hamkorlik eng muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini alohida e’tirof etishdi.
⚡️Unda, xususan pedagoglar malakasini oshirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasida almashinuv dasturlarini tashkil etish, maktab o’quvchilari o'rtasida fan olimpiadalarini va qardosh maktablar dasturini kengaytirish yo'nalishlari muhokama qilindi.
🔴 Hozirda anjumanning asosiy qismi - Vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Sultan as-Siri al-Kamzi bilan uchrashdi.
Unda vazirlik va elchixona mas'ullari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar ustida birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, BAA vakillari bilan xalqaro investitsiya va grant loyihalari bo‘yicha hamkorlarni jalb qilish haqida so‘z yuritildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin