Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
58.9K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Seminar

⚡️Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bahorgi mavsumiy taomnomani amaliyotga joriy qilish bo'yicha tashkilot hamshiralari va oshpaz xodimlariga o'quv-seminarlari o'tkazilmoqda.

🔹Unda mas'ullar tomonidan ishtirokchilarga sohaga oid zarur ma'lumotlar berib borilmoqda,

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Surxondaryo maktablarida "Yosh gvardiyachilar" harbiy vatanparvarlik sinflari soni ortmoqda

🔹Oʼquvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyati yoʼlga qoʼyilmoqda. Termiz tumanidagi 1-sonli hamda 3-sonli umumtaʼlim maktablarida ham "Yosh gvardiyachilar" harbiy vatanparvarlik sinflari tashkil etildi.

☑️Ushbu sinflarning tantanali ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari, Milliy gvardiya va Qoʼriqlash boshqarmasi rahbariyati, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

🔸Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya viloyat boʼyicha boshqarmasi hamkorligida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan bu kabi sinflar yoshlarning harbiy hayotga oid bilim va koʼnikmalarini mustahkamlab borishlariga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🗣Informatika yo‘nalishi bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkaziladi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan umumta'lim maktablarining 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishi bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

📣Ertaga, 6-aprel kuni Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida mazkur olimpiadaning shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

📸Olimpiadaning shaffof va xolis o‘tkazilishini ta'minlash, xalqimizga ishonchli axborotlarni yetkazishda jurnalist va blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari hamda keng jamoatchilik vakillarini hamkorlikka chaqiramiz.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Turon_maktab_teatri

⚡️"Turon" maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining shahar va tuman bosqichlari davom etmoqda.

📸Fotosuratlarda Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Muzrabot, Uzun va Sho‘rchi tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt