Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
47K subscribers
32.5K photos
3.24K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining faoliyati yuqori darajada baholandi

Ochiqlik indeksining birinchi indikatori Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan e’lon qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi hisoblanadi.

2023-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.

Baholangan jami 131 ta tashkilot va idoraning:

29 nafar matbuot kotibi (22,1%)ning ish natijalari yuqori;

59 nafari (45%)niki o‘rta;

39 nafari (29,8%)niki qoniqarli;

4 nafari (3,1%)ning faoliyati past darajada, deb topildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍16🔥2👏2👌1🕊1
Forwarded from Oyina.uz tanlov
#diqqat #tanlov

💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilayotgan Sohibqiron Amir Temur viktorinasida qatnashib, kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!

🔹1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
🔹2-o‘rin – Samsung planshet Tab A8;
🔹3-o‘rin – Samsung smartfon A14;
🔹4-10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami;
🔸“Tanlovning eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Smartwatch (Realme TechLife S100).

Tanlovda ishtirok etish👇

https://t.iss.one/oyinatanlovbot?start=5668602883
👍4
#TALIS

⚡️Joriy yilning 4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro TALIS—2024 tadqiqotining asosiy so‘rovnoma jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Unda maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar ishtirok etishmoqda.
Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganishga qaratilgan mazkur xalqaro tadqiqotda ishtirokchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali belgilangan savollarga javob berib oʻtmoqdalar.

Ma’lumot uchun: TALISda 2008-yil birinchi davriylikda atigi 24 ta davlat ishtirok etgan bo‘lsa, TALIS 2024 tadqiqotida ishtirokchilar soni 6 qit’ada 50 tadan oshdi.


🎥Tasvirlarda Muzrabot va Sherobod tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍2
Forwarded from Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi (Mansurbek в сети)
🔊 DENOV TUMANIDA INFORMATIKA FANI OLIMPIADASI BOSHLANDI

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan umumta'lim maktablarining 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishi bo‘yicha fan olimpiadasiga START berildi.

🎥 Olimpiada jarayonlaridan lavhalar quyidagi telegram kanali orqali yoritib boriladi

🕰 Sana:06.04.2024-yil

Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

🌍 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/denov_mmtb

I Facebook  I Telegram I Youtube I
👍1
Forwarded from Angor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi (G'anisher Maxamov)
Angor tumanida Informatika yo‘nalishi bo‘yicha fan olimpiadasiga start berildi.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan umumta'lim maktablarining 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishi bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

📣 Bugun 6-aprel kuni Angor tumanida mazkur olimpiadaning tuman bosqichi bo‘lib o'tmoqda.

🔘Tadbirda  Angor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i  Z.Utayev ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

✍🏻 Angor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi.
Telegram | Facebook |
👍6🔥1