Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
8.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Termiz_shahri
#Speech_time

📌Termiz shahridagi Prezident maktabida ertalabgi saflanish vaqtida qator olimpiyadalarda hamda "Teatr ibratxona"dir deb nomlangan teatr festivalida faol ishtirok etib kelgan ustoz hamda o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Huquqiy_savodxonlik

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Yuridik xizmat ko‘rsatish sho‘basi xodimi Kalandar Kalandarov tomonidan boshqarma xodimlari uchun huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

☑️Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi O‘RQ-901-sonli qonuni mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berildi.

🔘Qolaversa, huquqiy sohadagi o‘zgarishlar, yangi qonun va qarorlar, shuningdek korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha ham xodimlarga tushintirish berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_maktab_teatri

⚡️Maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Turon" maktab teatri respublika tanlovining saralash bosqichi davom etmoqda

☑️Tanlovning 1-bosqichida o‘quvchilarimiz turli sahna ko‘rinishlari orqali o‘z iqtidorlarini namoyish qilishmoqda.

🔘Ma'lumot o‘rnida, ushbu tanlovning:

Tuman (shahar) bosqichi — 1-6-aprel kunlari;
Hududiy bosqichi — 22-apreldan 4-may kunlari;
Respublika bosqichi — 2-5-iyun kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🏞Fotosuratlarda Oltinsoy, Denov hamda Sariosiyo tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 12-sonli maktabga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Viloyat rahbari maktabda otalar bilan o‘tkazilayotgan kitob targ‘iboti tadbirida ham ishtirok etdi. Tadbirda otalar va nuroniylar hamda o‘qituvchilar bilan suhbat qilindi.

Suhbat davomida yosh avlodning ta’lim va tarbiyasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Farzandlarni ilm o‘rganishga qiziqtirish, ta’limga jalb qilishda “maktab-mahalla-oila” hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Viloyat rahbari ushbu ta’lim maskani misolida shaharning barcha maktablarida ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1980

#Surxondaryo #maktab #otalaryigilishi #talimtarbiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter