Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
54.7K subscribers
31.7K photos
3.11K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Termiz_shahri

Hech kim mehr va e'tibordan chetda emas!

Bugungi kunda Termiz shahrida 125 nafar imkoniyati cheklangan bolalar yakka tartibda maktab ta'limiga qamrab olingan. “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Termiz shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i S.Abdurasulov tomonidan bo'lim tasarrufidagi 7-, 11-, 14-, 17-, 20-, 21-sonli umumtaʼlim maktablarida ta’lim oluvchi imkoniyati cheklangan bolalarni har tomonlanma qoʼllab-quvvatlash maqsadida yakka tartibda taʼlim olayotgan o‘quvchilar holidan xabar olinib, ularga turli sovgʼalar ulashildi. 

Sovg‘a ulashish bilan birgalikda o‘quvchilarga maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tilayotgan darslarni nazorat qilinib, shart-sharoitlari bilan ham tanishib chiqildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Termiz_shahri

Fotoreportaj:
Termiz shahridagi 11-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 1-katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Termiz_shahri

"Konstitutsiya - huquqlarim poydevori" mavzusida tadbir o'tkazildi.


Mamlakatimizda Konstitutsiyaning 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar keng miqyosda nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Termiz shahar 14-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya - huquqlarim poydevori" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan she‘rlar, sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir munozarali hamda savol-javoblarga boy bo‘lgan "Siz qonunni bilasizmi?" va "Konstitutsiya bilimdoni" nomli musobaqalarga ulanib ketdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔥21
#Termiz_shahri

Fotoreportaj: Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida "KONSTITUTSIYA - BAXTIMIZ QOMUSI" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2🔥1🥰1
#Termiz_shahri

“YOSHLAR KARNAVALI”

🎄Termiz shahridagi san’at saroyida “Yoshlar karnavali” tashkil etildi. Karnavalda harbiy orkestr hamda vohadagi taniqli san’atkorlar chiqishlari namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍3👏2
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

📌2024-yil 1-fevralda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan imzolanib kuchga kirgan 901-sonli "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish va jamoaning huquqiy savodxonligini oshirib borish maqsadida Termiz shahridagi Prezident maktabida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati o‘zaro muloqot shaklida tashkil etilib, ustozlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Darhaqiqat, mamlakatni har tomonlama tubdan yuksaltirish ta'limdan boshlanadi. Sifatli ta'lim me'morlari esa o‘qituvchi-murabbiylardir.


🔖Ushbu Qonun keng jamoatchiligimiz, ayniqsa, ziyoli pedagoglarimiz hayoti uchun katta tarixiy voqelik bo‘ldi. Qonun bilan pedagog bo‘lishning talablari, pedagogning huquqlari, burch-majburiyatlari va imtiyozlari belgilab qo‘yildi.

📝Ma'lumot uchun: Ushbu Qonun 21 moddadan iborat.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍153🔥2🕊1
#Kitobxonlik
#Termiz_shahri

📕O‘quvchi yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari O‘tkir Shukurovning tashabbusi bilan sektor hududidagi maktablar o‘rtasida kitobxonlik aksiyasi yo‘lga qo‘yilgan.

📚Bugun shahrimizdagi 2-umumta'lim maktabining aksiyada faol ishtirok etib, eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilariga O‘tkir Shukurovning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
👍43👏1
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening
#Termiz_shahri

⚡️Ayni paytda Surxondaryo viloyati direktorlar kengashining hududdagi maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu seminar zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 180 ga yaqin rahbar xodimlarni jalb qilmoqda.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍122🤩2🥰1👌1🕊1
#Termiz_shahri
#Speech_time

📌Termiz shahridagi Prezident maktabida ertalabgi saflanish vaqtida qator olimpiyadalarda hamda "Teatr ibratxona"dir deb nomlangan teatr festivalida faol ishtirok etib kelgan ustoz hamda o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍9🥰3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur_fakt
#Termiz_shahri

Xalqimizning faxr-u iftixori, buyuk davlat arbobi, o'zbek davlatchiligi asoslarining me'mori Sohibqiron Amir Temur hazratlarining 688 yilligi


🔖 Termiz shahridagi Prezident maktabida "Sohibqiron avlodimiz" haftaligi doirasida maktabning pedagog tarbiyachilari hamda o‘quvchilari tomonidan Sohibqiron Amir Temur hayotiga doir bir qancha qiziqarli faktlar asosida videorolik tayyorlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
23.04.2024 20:40

ʼʼTuronʼʼ maktab teatr tanlovi gʻoliblari aniqlandi

#Termiz_shahri

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍9🥰1👏1
#STEM #Mahorat_darslari
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Yaqinda Cambridge xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan o‘quv-treningda ishtirok etgan Termiz shahridagi Prezident maktabi STEM fanlari o‘qituvchilari tomonidan Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, shuningdek, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Barcha STEM fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu mahorat darslarining dastlabki kunida ingliz tili va informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.


Mahorat darslaridan ko‘zlangan maqsad, lokamativ hisoblangan Prezident maktabi o‘qituvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini viloyatdagi barcha maktablar o‘qituvchilari bilan bo‘lishib, ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish hisoblanadi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍43🔥1🥰1🎉1🕊1
#STEM #Mahorat_darslari
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️Mahorat darslari davom etmoqda.

📌Termiz shahridagi Prezident maktabi STEM fanlari o‘qituvchilari tomonidan Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, shuningdek, umumta’lim maktablarining matematika, fizika, kimyo va biologiya fani o‘qituvchilari uchun mahorat dasrlari tashki etildi.

Mahorat darslaridan ko‘zlangan maqsad, lokamativ hisoblangan Prezident maktabi o‘qituvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini viloyatdagi barcha maktablar o‘qituvchilari bilan bo‘lishib, ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish hisoblanadi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#STEM_fanlari_olimpiadasi
#Termiz_shahri

⚡️Ayni vaqtda Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📝Olimpiadada Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchilari matematika, tabiiy fan, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan yozma ish, informatika fanidan esa amaliy mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, olimpiadaning test hamda laboratoriya mashg‘ulotlari 11-may kuni o‘tkaziladi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🥰3👍21🕊1
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️⚡️Aziz yurtdoshlar! Sizlarni
Termiz shahridagi Prezident maktabi bo‘lib o‘tadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etamiz.

Ochiq eshiklar kunida siz:
Maktab hayoti;
Dars jarayonlari;
Loyihalar taqdimoti;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🗓 18
-may
10:00 dan 16:00 gacha
Manzil:
Termiz shahar, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 34b-uy
🏢
Mo'ljal: Termiz arxeologiya muzeyi ro'parasi

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun
:
Telegram bot
Ro‘yxatdan o‘tish: 17-may, 22:00 gacha

4-sinfni bitiruvchi o‘quvchilarni maktabimizda kutib qolamiz!


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔🔔🔔

Surxondaryolik 33 089 nafar oʻquvchilar 11-sinfni tamomlashdi

#Termiz_shahri

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍6
#Eco_schools_Uzbekistan
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Bo‘lsa hamki qo‘riq yer,
Hosil berar, to‘ksang ter.


📌Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning ona tabiatga bo‘lgan muhabbatini oshirish hamda ularda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida issiqxona barpo etilgan.

🌱Ayni kunlarda, issiqxonada ekilgan poliz ekinlarining birinchi hosili yig‘ib olinmoqda. Ayniqsa, bodring va qulupnay kabi tabiiy mahsulotlar o‘quvchilar oshxonasida sog‘lom ovqatlanish ratsionini yanada foydali vitaminlar boyitishga xizmat qiladi.

♻️Olib borilayotgan bu ishlar “Eco schools Uzbekistan” loyihasining 3-qadamini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍23👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21.05.2024 20:40

ʼʼYashil chiroq 2024ʼʼ tanlovi tashkil etildi

#Termiz_shahri

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍2🔥1
#bitiruvchi_2024
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🔔Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-2024-oʻquv yili yakuniga bag‘ishlangan “Ilm — saodat kaliti!” shiori ostida bitiruv oqshomi boʻlib oʻtdi.

〽️Tadbirni maktab ijrochi direktori E. Isaqova hamda akademik direktor S. Safari ochib berib, o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarida amalga oshirilgan islohatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar hamda katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarni samimiy qutlab, ularga ulkan zafarlar tiladilar.

Tadbir o‘quvchilar ijrosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari bilan barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Badiiy qismdan so‘ng, o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, turli xalqaro hamda respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan xodimlar va o‘quvchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍18🔥1👏1🕊1